29.11.20

Konsultativ va moliyaviy qoʼllab-quvvatlash yoʼli bilan kichik korxonalarga koʼmaklashish dasturi o’z faoliyatini boshladi

23.11.20

2021 yil 1 apreldan qanday imtiyozlar bekor qilinadi

19.11.20

Nukusda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari va yoshlar o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

18.11.20

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

17.11.20

O‘zbekiston-Eron palatalari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

31 yoshing muborak, Ona tilim

Til millatni millat qilib shakllantiruvchi vosita, ko‘zgudir. Zero, tilimizda bizning aksimiz, ma'naviyatimiz gavdalanadi. Til xalqning ma'naviy rivojlanganini, yuksalganini, obro‘-e'tiborini belgilovchi mezon vazifasini o‘taydi.

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri hisoblangan o‘zbek tili milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyatdir.

So‘nggi yillarda o‘zbek tiliga e'tibor tobora oshib bormoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi ta'siri va nufuzini oshirish bo‘yicha bir necha vazifalar sanab o‘tilgani ham buning yaqqol isbotidir. Ayniqsa, Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti 75 sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zlashi tarixiy voqeaga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tillarning saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo‘llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til sababli insoniyat o‘z xalqidan g‘urur tuyadi.

Mutaxassislar fikricha, bugungi kunga qadar 9000 mingdan ortiq til yo‘qolib ketib, YUNESKO tomonidan nashr qilinadigan “Yo‘qolib ketish xavfi arafasida turgan jahon tillari atlasi”da Yevropadagi 50ta, Tinch okeani mintaqasida esa 200ta til yo‘qolib ketish arafasida ekani keltirilgan. Afrikadagi 1400ta tildan 600tasi kelajakda, 250tasi esa yaqin orada butunlay yo‘qolishi haqida bong urilmoqda.

O‘tmishda o‘lkamizni bosib olgan turli yovuz kuchlar bizni eng avval o‘z tilimizdan, tariximiz va madaniyatimizdan, dinimizdan voz kechishga qayta va qayta urindi. Ular sabab el-yurtimiz boshiga turli kulfat va musibatlar kelgani tarixdan yaxshi ma'lum.

Ammo jasur va matonatli xalqimiz har qanday og‘ir sinovlarda ham o‘z  ozodligi va istiqloli uchun birlashib, kurasha oldi. Bu yo‘lda behisob qurbonlar berildi. Zulm va zo‘ravonliklarga qaramasdan, o‘z tilini — milliy g‘ururini asrab qoldi. Nafaqat asrab qoldi, balki uni har tomonlama rivojlantirib, avlodlarga bezavol yetkazib berdi.

Turkiy tillarning oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, uning intilishlari, dardu hasratlari, zafarlari va g‘alabalari bilan bevosita bog‘liqdir.

Davlat tilimiz orqali jahon minbarlarida o‘z so‘zimizni aytib kelmoqdamiz.  Shu tilda ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratilib kelinmoqda.

Til – millatning ma'naviy xazinasidir. Til nafaqat so‘zlashuv, muomala vositasi, balki xalqning urf-odati, turmushi, kechagi kuni va ertangi kelajagi hisoblanadi.

Shu o‘rinda, Savdo-sanoat palatasi barcha yurtdoshlarimzni 21 oktyabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi bilan muborakbod etadi!

SSP Axborot-xizmati

21.10.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06