29.11.20

Konsultativ va moliyaviy qoʼllab-quvvatlash yoʼli bilan kichik korxonalarga koʼmaklashish dasturi o’z faoliyatini boshladi

23.11.20

2021 yil 1 apreldan qanday imtiyozlar bekor qilinadi

19.11.20

Nukusda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari va yoshlar o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

18.11.20

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

17.11.20

O‘zbekiston-Eron palatalari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

“Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati

                                                                                                             I. Qarorning maqsadi
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish hisoblanadi.


                                                                                                             II. Qarorning mohiyati 
Qarorga muvofiq, 2020-yil 15-noyabrdan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartiblari joriy etiladi:

- tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta'lim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdori davlat tomonidan kompensasiya qilinadi;

- ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan shaxslarga o‘z biznesini tashkil etish uchun mikrokredit ajratiladi. 

“Mikrokreditbank” ATB tomonidan nodavlat ta'lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan:
- tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 million so‘mgacha mikrokreditlar ta'minotsiz ajratiladi;

- mikrofirma va kichik korxona ta'sis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi asosida 225 million so‘mgacha mikrokreditlar ajratiladi.

Bunda mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.

Qarorga ko‘ra, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish orqali tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadlariga 100 million AQSh dollari ekvivalentida mablag‘ ajratiladi. 

 

2022-yil 1-yanvardan Tadbirkorlikka o‘qitishning yagona tizimi ishga tushiriladi. 

2021-yil 1-yanvarga qadar “Mikrokreditbank” ATBning aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha yangi biznes modeli ishlab chiqiladi. 

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi aholini tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xususan, ularni o‘qitish, mikrokredit ajratish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish borasida vakolatli davlat organi etib belgilandi.

SSP axborot xizmati

20.10.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06