23.11.20

2021 yil 1 apreldan qanday imtiyozlar bekor qilinadi

19.11.20

Nukusda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari va yoshlar o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

18.11.20

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

17.11.20

O‘zbekiston-Eron palatalari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

17.11.20

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Butunjahon hunarmandlar kengashi direktorlar kengashining VIII yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2020 yil 11 sentyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida videokonferensaloqa shaklida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Butunjahon hunarmandlar kengashi (WCC-APR) direktorlar kengashining VIII yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Butunjahon hunarmandchilik kengashi raisi Gada Xijavi-Kaddumi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasining (Hindiston, Xitoy, Kuvayt, Malayziya, Yaponiya, Bangladesh, O‘zbekiston va boshqalar) 49 mamlakati Direktorlar Kengashi a'zolari ishtirok etishdi. Uchrashuvning faxriy mehmoni sifatida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov taklif qilindi.

Kun tartibidan a'zolik, nodavlat-notijorat tashkilotlarining milliy tuzilmasini kengaytirish, shuningdek, 2021 -2024 yillarda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha Prezident va uning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash va boshqa masalalar o‘rin oldi.

Ma'lumot uchun: Butunjahon hunarmandchilik kengashi Eile O. O. Uebb, Margaret M. Patch va Kamaladevi Chattopadhyay xonimlar tomonidan Amerika Qo‘shma Shtatlari, Nyu-York, Kolumbiya Universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro yig‘ilishda 1964 yil 12 iyunda tashkil etilgan. Mazkur tashkilot hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam berish hamda bugungi kunda butun dunyodagi hunarmandlarni birlashtirgan yagona tashkilot bo‘lib qolmoqda. BHK - bu "A" toifali maqomga ega bo‘lgan YuNESKO tarkibiga kiruvchi nodavlat tashkilotdir.

Butunjahon hunarmandchilik kengashi quyidagi beshta mintaqadan iborat:

• Afrika

• Osiyo-Tinch okeani mintaqasi

• Yevropa

• Shimoliy Amerika

• Janubiy Amerika

Bugungi kunda ushbu kengashga 323 ga yaqin tashkilot a'zo bo‘lib, "Hunarmand Assotsiatsiyasi" ham a'zo tashkilotlar sirasiga kiradi.

A'zolik har bir mamlakatdan faqat ikkita milliy tashkilot uchun, masalan, Kengash Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan guruh, birlashma, jamiyat yoki davlat idorasi uchun mavjud. Har bir mintaqa mintaqaviy direktorlar kengashini shakllantirish uchun o‘z Prezidentini, Vitse-prezidentlarini, maslahatchilarini saylaydi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Butunjahon hunarmandchilik kengashi raisi (2017-2020) Gada Xijavi-Kaddumi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori darajda baholab, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromovning WCC-APR Prezidenti lavozimiga nomzodini ilgari surdi hamda Kengashning barcha a'zolari bir ovozdan mazkur nomzodni ma'qullashdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikromov Kengashning barcha a'zolariga, xususan Gada Xijavi-Kaddumi xonimga O‘zbekistonni WCC-APR prezidentligiga 2021-2024 yillarga nomzod sifatida tasdiqlagani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston tomonidan  WCC-APR Bosh assambleyasining 38-sessiyasini shu yil dekabr oyida VKS formatida o‘tkazishni taklif qilindi.

A.Ikromov o‘z taqdimoti davomida hukumat tomonidan qo‘l san'atlari, xususan, bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berdi;

- so‘nggi 3 yil ichida 90 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratildi va 2020 yil oxiriga kelib ularning soni 130 mingtaga yetkaziladi;

- 2019 yilda hunarmandchilikni rivojlantirish dasturiga 50 million dollar, 2020 yilda yana 50 million dollar qo‘shimcha mablag ajratildi.

Shuningdek, tadbirda Hunarmand assotsiatsiyasi raisi U. Abdullayev, assotsiatsiya raisining o‘rinbosari A. Murtazayev, shuningdek, SSP raisining o‘rinbosari F. Usmanov ishtirok etishdi.

Ta'kidlash joizki, bugungi kunda Hunarmand assotsiatsiyasi a'zolari soni 36 440 kishini tashkil etadi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan 6440 kishiga ko‘p (+ 14%). Talabalar soni esa 53 420 kishini tashkil qiladi. Mamlakatning har bir mintaqasida hunarmandchilik markazlari tashkil etilgan.

Shuningdek, "Ipak va ziravorlar" festivali, Buxoroda va Marg‘ilonda "Atlas festivali", YUNESKO homiyligida  Qo‘qonda I Xalqaro hunarmandlar festivali kabi xalqaro festivallarning mamlakatimizda muvaffaqiyatli o‘tkazilib kelinayotgani alohidla ta'kidlandi.

Ma'lumot uchun: Qo‘qon shahrida tashkil etilgan festivalda dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlaridan 570 xalqaro hunarmandlar, o‘zlarining ilmiy ishlari va amaliy faoliyati bilan mashhur bo‘lgan xorijlik olimlar va mutaxassislar, 2200 dan ortiq mahalliy xalq hunarmandlari qatnashdi.

Tadbir yakunida Direktorlar Kengashi a'zolarining yakdil qarori bilan WCC-APR Bosh assambleyasining 38-sessiyasini VKA formatida o‘tkazish, shuningdek, 2021 yilda Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan II Xalqaro hunarmandlar festivali doirasida O‘zbekiston boshchiligidagi birinchi WCC-APR tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

SSP Axborot xizmati 

 

 

 

13.09.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06