2.12.22

Samarqandda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

29.11.22

“O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” II biznes forumi bo‘lib o‘tdi

28.11.22

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

28.11.22

To‘qimachilik mahsulotlarini AQSH bozoriga eksport qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

24.11.22

Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirishda yangi istiqbollar

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Biznes uchun $10.000 gacha grantlar ajratishga arizalar qabuli davom etmoqda.

Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari tadbirkorlaridan arizalarni qabul qilish muddatlari 15 sentyabrgacha uzaytirildi!

Hurmatli tadbirkorlar!

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘zaro tashabbusi Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari kichik biznes vakillaridan Biznesni integratsiyalashgan qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok etishga arizalarni qabul qilish muddati uzaytirilganini xabar qiladi.

Arizalar 2020 yil 15 sentyabr, soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, dastur kichik korxonalarning raqobatdoshligini oshirish, ularning samaradorligini oshirish va o‘sishiga ko‘maklashish maqsadida ularni konsultativ va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan (10,000 AQSh dollarigacha grant mablag‘lari).

Treninglar va konsalting xizmatlari, shuningdek individual kouching maslaxatlari O‘zbekistonning tajribali mutaxassislari tomonidan asosiy biznes-vazifalarni hal etish, strategik rejalashtirish, marketing, operasion va moliyaviy menejment kabi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi.

Dastur uch bosqichdan iborat va 3 oy mobaynida davom etadi:

I-bosqich: tanlab olingan korxonalar uchun onlayn shaklda treninglar o‘tkaziladi.

II-bosqich: korxonalar uchun konsalting va shaxsiy kouching maslahatlari beriladi.

III-bosqich: ishtirokchi kompaniyalarga ularning biznes g‘oyalari/loyihalarini amalga oshirish uchun 10 ming AQSh doll. miqdorigacha ekvivalentda beg‘araz texnik ko‘mak olish imkoniyati beriladi.

Tanlovda ishtirok etish shartlari va mezonlari:

Dasturda ishtirok etish uchun, quyidagi mezonlarga mos keladigan, kichik biznes vakillari onlayn shakldagi arizani to‘ldirishlari yoki elektron pochta orqali skaner qilingan shaklni yuborishlari talab etiladi.

Ishtirokchilar uchun asosiy talablar:

  • O‘zbekiston rezidenti tomonidan asos solingan, Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ro‘yxatga olingan yuridik shaxs shaklidagi kichik biznes sub'ekti;
  • Quyidagi keltirilgan sohalar bo‘yicha ikki yildan kam bo‘lmagan muddat ichida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi;
  • Ishchilar soni 5 dan 50 gacha bo‘lishi;
  • Soliq va boshqa to‘lovlar, olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik yo‘qligi;
  • Amalga oshiriladigan reja / loyihaning 20% dan kam bo‘lmagan qismini moliyalashtirish imkoniyati mavjudligi.

Shuningdek, ishtirokchilar 2020 yil sentyabr oyidan shu yilning dekabr oyiga qadar treninglar va individual kouching maslahatlarini olish uchun 32 soat o‘quv mashg‘ulotlariga vaqt ajratishga tayyor bo‘lishlari zarur.

Taqdim etiladigan hujjatlar:

  • To‘ldirilgan ariza shakli;
  • Ro‘yxatgan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma nusxasi.

Ayollar yoki 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan asos solingan, yoki ayollar va yoshlar uchun ish o‘rinlari yaratadigan kichik biznes turlari nomzodlarni tanlashda afzallikka ega bo‘ladi.

Dasturda tanlov asosida ishtirok etish mutlaqo bepul.

Hujjatlar bu yerda onlayn tarzda to‘ldirilishi yoki skanerlangan shaklda  ibs@chamber.uz  elektron pochtasiga yuborilishi lozim.

Ariza shaklini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun telefon: 1094.

Biznesni integratsiyalashgan holda qo‘llab-quvvatlash dasturi Yaponiya hukumatining moliyaviy ko‘magi hisobidan amalga oshirilmoqda.

SSP Axborot xizmati

 

03.09.2020

16:18

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06