10.01.22

HUNARMANDLAR IMTIYOZLI KREDITLAR VA SUBSIDIYALAR OLADILAR

13.12.21

Diqqat, Savdo-sanoat palatasi malaka oshirish masalalari bo’yicha onlayn so’rovnoma o’tkazmoqda

7.12.21

“Farg‘ona vodiysida fermerlarini iqlim o‘zgarishi xatarlariga moslashuvi va barqarorligini oshirish” loyihasining Muvofiqlashtiruvchi kengashining yakuniy yig‘ilishini o‘tkazildi

22.11.21

SERTIFIKATLASH LOZIM BOʻLGAN MAHSULOTLAR ROʻYХATI QISQARTIRILDI

8.11.21

"Brendingiz davlat himoyasida” mavzusida davra suxbati va master-klaass tashkil etilidi.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Tadbirkor ayollar tanlovi

Navoiyda “Ishbilarmon ayol – 2016” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal- demokratik partiyasi viloyat kengashi, viloyat fermerlar kengashi, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tanlovda uning quyi bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 10 nafar tadbirkor ayol ishtirok etdi. 

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xususiy sektorga xotin-qizlarni keng jalb etish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonuni hamda davlatimiz rahbarining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

Navoiy shahridagi “Shahzoda asl tekstil” xususiy korxonasi rahbari Shahzoda Umarova g‘olib bo‘ldi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. 

– Dastlab “Navoiy biznes maskani” o‘quv markazi tashkil etib, yoshlarni tadbirkorlikka va turli kasb-hunarga o‘rgatishni yo‘lga qo‘ydik, – deydi Sh.Umarova. – Faoliyatimizni kengaytirib, abituriyentlarni oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorlash kursi tashkil etdik. Hunarli xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida tikuvchilik sexi ochdik. Bu yerda buyurtma asosida 15 turdagi trikotaj mahsulotlari tayyorlanmoqda. Bugungi kunda o‘quv markazi va sexda 150 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Ularning 30 nafari kasb-hunar kollejlari bitiruvchilaridir. 

Ishtirokchilar “Eng yosh tadbirkor ayol”, “Eng yosh fermer ayol”, “Eng yosh hunarmand ayol”, “Muruvvatli ishbilarmon ayol”, “Eng tashabbuskor ayol” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham taqdirlandi. 

Manba: uza.uz

08.07.2016

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06