22.11.21

SERTIFIKATLASH LOZIM BOʻLGAN MAHSULOTLAR ROʻYХATI QISQARTIRILDI

8.11.21

"Brendingiz davlat himoyasida” mavzusida davra suxbati va master-klaass tashkil etilidi.

27.10.21

82 TURDAGI ХOM ASHYO VA YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR IMPORT BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Yoshlar tadbirkorligi yo‘lida

Nukusda “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishning dolzarb masalalari” II yosh tadbirkorlar biznes forumining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi. 

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

Yosh tadbirkorlar o‘rtasida amaliy-ijodiy hamkorlikni kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, ularni ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha birlashtirish maqsadida tashkil etilgan forum doirasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida 60 ga yaqin yosh tadbirkor ishtirok etdi. 

Biznes g‘oyalari saralab olingan 10 nafar ishtirokchi forumning mamlakat bosqichida ishtirok etadi. Ular orasida nukuslik yosh tadbirkor Rayhon Boymurodova ham bor. 

– Men o‘tgan yili Nukus komputer texnologiyalari kasb-hunar kollejining telekommunikatsiya bo‘limini tugatib, o‘z tadbirkorlik faoliyatimni boshlagan edim, – deydi Rayhon. – Bunda menga tijorat bankidan ajratilgan 6 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘i juda qo‘l keldi. Hozirda go‘zallik salonimizda ikki tengdoshim doimiy ish bilan ta’minlangan. Kelgusida faoliyatimizni yanada kengaytirib, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonasi tashkil etish va yoshlar bandligini ta’minlashga hissa qo‘shishni maqsad qilganmiz. 

Manba: uza.uz

07.07.2016

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06