3.03.21

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida eksportga ko‘maklashish bo‘yicha vakolatli vazirlik va idoralar mas'ul xodimlari tarkibidagi Ishchi guruhining videomuloqoti bo‘lib o‘tdi

2.03.21

SSP raisi kulollar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

1.03.21

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan yana bir tadbirkorning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilindi

1.03.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

1.03.21

Bahorgi agrotexnik tadbirlar avjida

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i U.Abduxafizov bilan intervyu.

Savol: Umid Abduhafizovich, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish borasidagi asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Barchamizga ma'lumki, “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi 09.07.2018 yilda yangi tahrirda qabul qilingan Qonuni bilan Palataning vakolat doiralari anchagina kengaytirilib, ayrim vazifalar bilan to‘ldirildi. Jumladan:

tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari o‘rtasidagi nizoning hal etilishini ta'minlash, shuningdek bozorlarni o‘rganish hamda tahlil qilish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan va ularning mansabdor shaxslaridan zarur ma'lumotlar, hujjatlar, materiallarni hamda statistika ma'lumotlarini so‘rab olish, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

taraflar o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal etishni amalga oshirish;

Palata a'zolarining manfaatlarini ko‘zlab sudlarga davlat boji to‘lamasdan da'volar taqdim etish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinganda tadbirkorlik sub'ekti nomidan sud muhokamasining istalgan bosqichida ishtirok etish (ikkala taraf Palata a'zolari bo‘lgan hollar bundan mustasno), shuningdek da'vo arizalari bilan bir qatorda apellyasiya, kassasiya shikoyatlari, arizalar, shu jumladan nazorat tartibida protest keltirish haqida iltimosnomalar berish;

Savol: Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish borasida  qanday natijalarga erishgani haqida qisqacha aytib o‘tsangiz.

Ta'kidlab o‘tilgan vakolatlardan foydalanib, 2020 yilning 1-choragi davomida Palata Ijro Qo‘mitasi va hududiy tuzilmalari tomonidan Palata a'zolari manfaatida jami 29049 ta (2019 yilning shu davrida 18148  ta) holatda umumiy summasi 3 trln. 842,6 mlrd. so‘m (2019 yilda. 1 trln. 292 mlrd. so‘m)ga teng bo‘lgan da'vo arizalari kiritilgan.

Savol: Palata faoliyatini samarali tashkil etish borasida o‘z ish tajribangizdan kelib chiqib fikr-mulohazalaringizni bayon qilsangiz.

 Ma'lumki, tadbirkorlarning manfaatlarini sud orqali himoya qilinishi ularni Palata a'zoligiga jalb etishning asosiy mezonlaridan bittasidir. Shuni e'tiborga olgan holda, bu boradagi faoliyatimizni yanada kuchaytirishimiz va sifatini oshirishimiz maqsadida:

  • sudlarga arizalar kiritilishini kengaytirish va tadbirkorlarning bu boradagi vakolatlarimizga ishonchlarini yanada oshirish uchun, eng avvalo, “Tadbirkorlik sub'ektlarning huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qilishni ta'minlash to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma talablariga og‘ishmay va qat'iyan rioya etish lozim bo‘ladi;
  • arizalarning qanoatlantirilish darajasini oshirish uchun ularni puxta tayyorlash, zarur ma'lumotlar va qonun talablari bilan asoslantirilishiga jiddiy e'tibor qaratish zarur;
  • arizalarning sudlarda ko‘rilishini Boshqarma va hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan monitoring qilish tartibiga qat'iyan rioya etilishini va o‘z vaqtida tegishli ma'lumotlarning bazaga kiritilishini ta'minlash talab etiladi;
  • da'vo arizalari kiritishdan oldin, albatta, tomonlar o‘rtasidagi nizoni sudgacha hal qilish chorasini ko‘rish lozim. Lekin, bu muhim vositaga hamma joyda ham yetarli e'tibor qaratilmayapti. Shu bois, eng avvalo, kichik biznes sub'ektlari manfaatlarini ko‘zlab, taraflarni sudgacha uchrashtirish va muammoni hal etishga erishish bugungi davr talabidir.

Shu bilan birga, har bir hududda qarzini undirolmay yurgan, hokimiyat va boshqa davlat organlari qarorlari bilan huquqlari cheklangan yoki boshqa tarzda manfaatlari buzilgan tadbirkorlar topiladi. Bunday tadbirkorlarni aniqlab, ularning manfaatlarini Palata vakolatlaridan foydalangan holda, sud orqali himoya qilsak, shu orqali Palata a'zolarining safini ham kengaytirish mumkin

Savol: Tadbirkorlik subyektlarining huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni samarali tashkil etishda qanday huquqiy hujjatlardan foydalaniladi?

 O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Tadbirkorlik sub'ektlarning huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qilishni ta'minlash to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma ishlab chiqilib, Palataning 2019 yil 15 mart kunidagi “45A”-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlandi.

Mazkur Yo‘riqnoma “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan Palataga berilgan huquq va vakolatlardan foydalangan holda tadbirkorlik sub'ektlari – Palata a'zolariga sifatli va ishonchli huquqiy xizmat ko‘rsatish, hususan Palata tomonidan ularning huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qilishga qaratilgan.

Shuningdek, Yo‘riqnomada Palata Ijroiya qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Palata a'zolari manfaatlarini ko‘zlab sudlarga da'vo ariza kiritishdan oldin da'vo talablariga asos bo‘lgan holatlar to‘liq va har tomonlama puxta o‘rganilib hamda xar bir da'vo ishi bo‘yicha taraflar o‘rtasida sudgacha yarashtiruv jarayoni o‘tkazilib, sudlarga qonuniy va asosli da'vo arizalar kiritilishi belgilangan.

SSP Axborot-xizmati 

18.06.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06