29.11.20

Konsultativ va moliyaviy qoʼllab-quvvatlash yoʼli bilan kichik korxonalarga koʼmaklashish dasturi o’z faoliyatini boshladi

23.11.20

2021 yil 1 apreldan qanday imtiyozlar bekor qilinadi

19.11.20

Nukusda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari va yoshlar o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

18.11.20

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

17.11.20

O‘zbekiston-Eron palatalari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Malayziyaning eng yirik “Klang” portida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun maxsus “Show room” tashkil etilishi muhokama qilindi

Joriy yilning 4 iyun kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari F.Usmanov va Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i G‘.Usmonov Malayziyaning eng yirik ulgurji savdo majmuasi hisoblanmish “GM Klang Wholesale City” kompaniyasi bilan videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdilar.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Malayziyaning Klang port shahridagi “GM Klang Wholesale City” savdo majmuasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “milliy mahsulotlar” ko‘rgazmasi uchun “Show room” tashkil etish va uni amalga oshirish masalalarini muhokama etishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda “GM Klang Wholesale City” kompaniyasi mas'ul vakili tomonidan ushbu ulgurji savdo markazi 2009 yilda tashkil etilganligi va u Malayziyaning eng yirik Klang portida, ya'ni Kuala Lumpur Xalqaro Aeroporti yaqinida joylashganligi hamda savdo markazi o‘z ichiga taxminan 140 ming kv.metrni qamrab olishi ma'lum qilindi.

Mazkur savdo majmuasida 2,5 ming ulgurji savdo do‘konlari joylashganligi va unda 20 dan ortiq davlatdan kompaniyalar o‘z mahsulotlarini namoyish etishlari va tijorat bilan shug‘ullanish imkoniyati mavjud ekanligi aytildi.

Ushbu “Show room”da O‘zbekiston korxonalari uchun tekstil, elektrotexnika, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari, uy jihozlari, go‘zallik va sog‘lomlashtirish mahsulotlarini joylashtirish Malayziyada xaridorlarni kengroq jalb etish imkoniyatini berishi ta'kidlandi.

Shu munosabat bilan, Palata tomonidan Malayziyada O‘zbekiston mahsulotlari uchun tashkil etiladigan “Show room”da mahalliy tadbirkorlik subyektlarining faol ishtirokini ta'minlashda hamkorlik qilishga tayyor ekanligi bildirildi.

Malayziyaning  “GM Klang Wholesale City” kompaniyasi orqali  “milliy mahsulotlar” ko‘rgazmasi uchun “Show room” da o‘z mahsulotlarini namoyish qilish istagidagi mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari o‘z takliflarini Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi expo@chamber.uz  elektron manziliga taqdim etishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi ma'sul xodimi S.A'zamovga +99878 150-60-06 telefon orqali murojaat qilishlari mumkin.

 

SSP Matbuot xizmati

04.06.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06