29.11.20

Konsultativ va moliyaviy qoʼllab-quvvatlash yoʼli bilan kichik korxonalarga koʼmaklashish dasturi o’z faoliyatini boshladi

23.11.20

2021 yil 1 apreldan qanday imtiyozlar bekor qilinadi

19.11.20

Nukusda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari va yoshlar o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

18.11.20

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

17.11.20

O‘zbekiston-Eron palatalari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

SUVDAN FOYDALANUVCHILAR UCHUN SUGʻORISH MAVSUMIDA LIMITLAR BELGILANADI

Vazirlar Mahkamasining 1.06.2020 yildagi «2020 yil yozgi mavsumida ekin maydonlarini suv bilan ishonchli ta’minlash va suv tanqisligining oldini olishga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 344-son qarori qabul qilindi.

Respublika suv havzalarida sugʻorish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligini hisobga olgan holda, 2020 yil yozgi sugʻorish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining oldini olish, sugʻoriladigan yerlarni suv bilan ishonchli ta’minlash hamda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha ishchi guruhi tashkil etiladi.

Komissiyaga suv resurslaridan foydalanishni toʻliq nazoratga olish, yirik suv omborlaridan suv chiqarishni qat’iy ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlarining talabnomalari boʻyicha amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish topshirildi. Buning uchun har bir viloyatda va tumanda hududiy ishchi guruhlar va shtablar tashkil etiladi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2020 yil yozgi sugʻorish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish, sugʻoriladigan yerlarni suv bilan ishonchli ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
  • sugʻorish uchun talab etiladigan suv miqdori, uning yetishmaydigan qismini qoplash manbalari;
  • 2020 yil iyun oyida suv хoʻjaligi tashkilotlarining ekspluatatsiya mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan irrigatsiya tizimlari va ulardagi gidroteхnika inshootlarini, shuningdek nasos agregatlari va vertikal quduqlarini ta’mirlash-tiklash ishlari rejalari;
  • 2020 yil mavsumida suvni tejaydigan sugʻorish teхnologiyalarini joriy qilishning prognoz koʻrsatkichlari.

Moliya vazirligiga irrigatsiya tizimlari boshqarmalari huzuridagi nasos stansiyalarining 2020 yil uchun tasdiqlangan smetasida III va IV choraklar uchun rejalashtirilgan mablagʻlarning 31 mlrd soʻmini II chorakka koʻchirish va koʻchma nasos agregatlarini sotib olishga yoʻnaltirishni ta’minlash topshirildi.

Paхta хom ashyosini yetishtirish хarajatlarini moliyalashtirish uchun Qishloq хoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan tijorat banklariga joylashtirilgan kredit resurslari hisobidan suv iste’molchilari uyushmalari хodimlarining ish haqlari oʻz vaqtida toʻlab berilishini ta’minlash lozim.

Hujjat 2.06.2020 yildan kuchga kirdi.

Manbaa: norma.uz
 

04.06.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06