29.11.20

Konsultativ va moliyaviy qoʼllab-quvvatlash yoʼli bilan kichik korxonalarga koʼmaklashish dasturi o’z faoliyatini boshladi

23.11.20

2021 yil 1 apreldan qanday imtiyozlar bekor qilinadi

19.11.20

Nukusda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari va yoshlar o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

18.11.20

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

17.11.20

O‘zbekiston-Eron palatalari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

DORIVOR VA ZIRAVOR O‘SIMLIK YeTIShTIRUVChI TADBIRKORLAR DIQQATIGA!!!

Hurmatli tadbirkorlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 apreldagi “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № PQ-4670-sonli qaror qabul qilindi.  

Respublikada so‘nggi yillarda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan plantasiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, ularning plantasiyalarini tashkil etish, qayta ishlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Qarorga ko‘ra, dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlashni yanada rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiyalash maqsadida, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovasion rivojlanish vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2020 yil 1 maydan boshlab dorivor o‘simliklarni yetishtirish, saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash klasterlarini (keyingi o‘rinlarda – dorivor o‘simliklar klasteri) tashkil etish, shuningdek, hududlarni dorivor o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.

Quyidagilar dorivor o‘simliklar klasterining asosiy vazifalari etib belgilandi:

-dorivor o‘simlik yetishtiruvchilar bilan yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish, ularni urug‘lik, mineral o‘g‘itlar, texnika, yoqilg‘i va boshqa vositalar bilan ta'minlash;

-ixtisoslashtirilgan hududlarda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, urug‘liklar va ko‘chatlar tayyorlash, bosqichma-bosqich zamonaviy dorivor o‘simliklar plantasiyalari tashkil etish;

-dorivor o‘simliklarni yetishtirish va urug‘chiligini tashkil etishda ilg‘or ilm-fan yutuqlarini qo‘llash;

-dorivor o‘simliklar yetishtirish va ularni qayta ishlash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish va sohaga bosqichma-bosqich innovasion yechimlar (nou-xau) joriy etish;

-dorivor o‘simliklar yetishtirish va ularni qayta ishlashga xorijiy kompaniyalarning investisiyalari hamda ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish;

-dorivor o‘simliklar va ulardan olinadigan mahsulotlarga bo‘lgan ichki bozor talabini qondirish hamda ularni eksport qilish;

-tajriba va ma'lumotlarning doimiy almashinuvini tashkil etish orqali ushbu yo‘nalishdagi xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro tadqiqot dasturlari, anjumanlar va simpoziumlarda ishtirok etish.

 

Shu bilan birga, qarorda dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlashni yanada rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiyalash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida «O‘zbekiston dorivor o‘simliklari» kichik innovasion korxonasi tashkil etish belgilangan.

Shuni ta'kidlash lozimki, mazkur qarorning 19-bandida Savdo-sanoat palatasi tarkibida “Dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash” bo‘limi tashkil etish ko‘rsatib o‘tilgan.

Qarorning ushbu bandini ijrosini ta'minlash maqsadida, Savdo-sanoat palatasi Rayosat yig‘ilishing qaroriga asosan, Palata Ijroiya qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritilib, 3 ta shtat birligidan iborat “Dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash” bo‘limi tashkil etildi.

Bo‘limning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

- dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash;

- xorijiy mamlakatlarda ko‘rgazmalar tashkil etish va ularga mahalliy dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchi tadbirkorlarni keng jalb etish;

- yetishtiriladigan dorivor va ziravor o‘simliklarning xususiyatlari, ular yetishtiriladigan hududlar to‘g‘risida ma'lumotlarni o‘z ichiga oluvchi elektron axborot tizimini yaratish;

- yangidan faoliyat boshlagan dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilar uchun biznes tuzilmalar faoliyatini yaratish va tashkil etish hamda ularga biznes-rejalarni tayyorlashga ko‘maklashish;

- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotlarni olishiga amaliy yordam berishdan iboratdir.

Ushbu vazifalarni amalga oshirishda Palata mazkur yo‘nalishdagi tadbirkorlik sub'ektlariga yaqindan yordam berishga tayyorligini mamnuniyat bilan ma'lum qiladi.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni +99878-150-60-06, (1087)  raqamidan olishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, A.Temur shoh ko‘chasi, 4.

www.chamber.uz /             e-mail:bkholboev@mail.ru

Dorivor o`simlik.bot         Dorivor o`simlik klaster.bot

 

SSP Matbuot xizmati

03.06.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06