17.07.21

Tadbirkorlik sub'ektlari Savdo-sanoat palatasining ishonchli himoyasida

16.07.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

7.07.21

Nodavlat ta'lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta'lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2.07.21

Yoshlarni tadbirkorlikka oʼqitish davom etmoqda

2.07.21

Toshkent viloyatida Kasaba uyushmalari federatsiyasi yigʼilishi oʼtkazildi.

30.07.21 - 30.07.21

Korporativ firibgarlikni boshqarish va RIsk menejmenti bo'yicha konferentsiya

15.07.21 - 16.07.21

Qayta tiklanadigan energetika sohasidagi "Aatmanirbhar Bharat" imkoniyatlari bo'yicha 2-raqamli konferentsiya va ko'rgazma.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Rayosatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Savdo-sanoat palatasi Rayosati - O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra Qurultoy delegatlari tomonidan yigirma besh nafar kishidan iborat tarkibda saylanadigan Palata boshqaruvining qurultoylar oralig‘idagi rahbar organi hisoblanadi.

Palata Rayosati tarkibiga mansabi bo‘yicha Palata ijroiya qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek Qurultoy tomonidan saylangan tadbirkorlar orasida nufuzi baland bo‘lgan korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda hamkor tashkilotlar rahbarlari kiradi.

Savdo-sanoat palatasi Raisi A.Ikramov rahbarligida, hududlardagi a'zolar bilan onlayn tarzida  tashkil qilingan Rayosat yig‘ilishi o‘tkazildi.

Rayosat yig‘ilishi kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Rayosati tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosarini lavozimiga saylash, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Ijroiya qo‘mitasi tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Rayosat yig‘ilishi bilan quyidagi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

  • Palata Rayosatining 25 kishidan iborat yangi tarkibi tasdiqlandi;
  •  Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari lavozimiga F.Toshpo‘latov nomzodi tasdiqlandi;
  •  Palata Ijroiya qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi. Xususan, Ijroiya qo‘mita tashkiliy tuzilmasida quyidagi 1 ta yangi boshqarma va 2 ta yangi bo‘limlar tashkil qilindi.
  1. Biznes kompetensiyalarni oshirish, yoshlar startap loyihalariga ko‘maklashish va biznes-inkubatorlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi
  2. Biznes muhitni yaxshilash va ishbilarmonlik indekslarini baholash bo‘limi.
  3. Dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi.

Amalga oshirilgan o‘zgarishlar bo‘yicha ma'lumot berib boriladi.

SSP Matbuot xizmati

02.06.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06