17.07.21

Tadbirkorlik sub'ektlari Savdo-sanoat palatasining ishonchli himoyasida

16.07.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

7.07.21

Nodavlat ta'lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta'lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2.07.21

Yoshlarni tadbirkorlikka oʼqitish davom etmoqda

2.07.21

Toshkent viloyatida Kasaba uyushmalari federatsiyasi yigʼilishi oʼtkazildi.

30.07.21 - 30.07.21

Korporativ firibgarlikni boshqarish va RIsk menejmenti bo'yicha konferentsiya

15.07.21 - 16.07.21

Qayta tiklanadigan energetika sohasidagi "Aatmanirbhar Bharat" imkoniyatlari bo'yicha 2-raqamli konferentsiya va ko'rgazma.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Rossiyaga eksport qilish imkoniyati yuqori bo‘lgan olma mahsuloti bo‘yicha tahlil

Jahon bozorida yuzaga kelgan holat shuni ko‘rsatmoqdaki, Rossiyada olmaning o‘rtacha narxi 10% ga oshdi. Bugungi kunda, mahalliy yetishtiruvchilar tomonidan yetishtirilgan olmaning narxi uning hajmi va turiga qarab 1 kg uchun 0,75 dollardan 1,09 dollargacha sotilmoqda.

Butun dunyoda pandemiya bilan bog‘liq murakkab vaziyat yuzaga kelganligi, eksport qiluvchi mamlakatlarda olma zahiralarining kamayishi hamda olmani Rossiya bozoriga yetkazib berishda uzilishlar tufayli, import qilinadigan olma narxi ham nisbatan oshganini ko‘rish mumkin.

2019 yilda Rossiya jami 586 mln.dollar miqdorida yoki 934,5 ming tonna xorijiy davlatlardan olma import qilgan. Moldova asosiy olma eksport qiluvchi davlat sifatida Rossiyaga 250,2 ming tonna miqdorida olma yetkazib bergan va Rossiyaning jami olma importning 26,8 % ni tashkil qilgan.

Shu bilan birga, Serbiya (17,6% yoki 164,4 ming tonna), Argentina (10,8% yoki 101,1 ming tonna), Ozarbayjon (9,7% yoki 91 ming tonna), Belarus (8,6% yoki  80,6 ming tonna), Janubiy Afrika (5,4% yoki 50,2 ming tonna) va boshqa davlatlar tomonidan ham Rossiyaga olma eksport qilingan.

Respublikamizdan 2019 yilda Rossiyaga umumiy qiymati 4,3 mln.dollar miqdorida (0,4%)1,9 ming tonna olma eksport qilingan.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma'lumotlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasining tarqalishi, iste'molchilar daromadining pasayishi va ta'minot zanjirida uzilish kuzatilganligi sababli  jahonda olma savdosi 1-1,2 mlrd.dollarga tushib ketishi mumkin.

Shuningdek, olma savdosining hajmi keskin tushib ketishi oqibatida Pol'sha, Moldova, Serbiya, Xitoy, Turkiya, Eron va Ukraini kabi yirik olma eksport qiluvchi davlatlar zarar ko‘rishi mumkin.

Rossiyaning yirik bog‘dorchilik xo‘jaliklarida olma zahiralari kamayib bormoqda, bu esa o‘z navbatida yurtimizdan Rossiyaga olma eksportini yanada oshirish imkoniyatini berishi mumkin.

O‘zSSP Axborot xizmati

04.05.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06