29.11.20

Konsultativ va moliyaviy qoʼllab-quvvatlash yoʼli bilan kichik korxonalarga koʼmaklashish dasturi o’z faoliyatini boshladi

23.11.20

2021 yil 1 apreldan qanday imtiyozlar bekor qilinadi

19.11.20

Nukusda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari va yoshlar o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

18.11.20

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

17.11.20

O‘zbekiston-Eron palatalari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha cheklovlar amal qiladigan davr uchun yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari kelib chiqishini tasdiqlashga doir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining XABARNOMASI

Jahonda koronavirus pandemiyasi tarqalishi tufayli uni bartaraf etishga qaratilgan keskin choralarni ko‘rilishi tashqi savdo sohasida yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holati yuzaga kelishi sababli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan shartnomaviy majburiyatlarning to‘laqonli bajarilmay qolishiga olib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 333-moddasiga muvofiq qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga yengib bo‘lmaydigan kuch, ya'ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon bo‘lmaganligini isbotlay olmasa, javobgar bo‘lishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 15 fevraldagi 63-sonli “Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash mexanizmini amalga kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi belgilangan. 

Mazkur qarorga muvofiq yengib bo‘lmaydigan kuchlar oqibatida shartnoma tomoni majburiyatlarni bajarishi uchun imkoniyat bo‘lmaganda shartnoma tomoni yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash to‘g‘risida sertifikat O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 15 fevraldagi 63-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 2-bandiga muvofiq yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari - bu tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar sanaladi.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 333-moddasi 3-xatboshisiga muvofiq fors-major holatlariga qarzdorning shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yo‘qligi va qarzdorda zarur pul mablag‘larining bo‘lmaganligi kabi vaziyatlar kirmasligi belgilangan.

Mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari yengib bo‘lmaydigan kuchlar oqibatida tashqi savdo shartnomalaridagi majburiyatlarini bajarish imkoniyati bo‘lmaganda yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari tasdig‘ini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilishlari lozim:

  • yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash uchun manfaatdor tomonning yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlari ko‘rsatilgan yozma arizasi;
  • xorijiy hamkor bilan tuzilgan eksport/import shartnomasi hamda shartnomaga spesifikasiyalarnushalari;
  • shartnoma bo‘yicha bajarilgan majburiyatlar hajmlari to‘g‘risida ma'lumotlar;
  • yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash to‘g‘risida sertifikat olish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati nushasi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, agar fors-major holati yuz berganligi tasdiqlansa, uni asosida bir kun muddatda tadbirkorlik sub'ektlariga tegishli sertifikatni rasmiylashtirib beradi.

Mazkur masalada murojaat uchun:

O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining +99871 71 238-50-23 va 238-50-22 telefonlari;

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 1094 qisqa raqamli telefoniga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. 

 

SSP Axborot xizmati

25.03.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06