17.07.21

Tadbirkorlik sub'ektlari Savdo-sanoat palatasining ishonchli himoyasida

16.07.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

7.07.21

Nodavlat ta'lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta'lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2.07.21

Yoshlarni tadbirkorlikka oʼqitish davom etmoqda

2.07.21

Toshkent viloyatida Kasaba uyushmalari federatsiyasi yigʼilishi oʼtkazildi.

30.07.21 - 30.07.21

Korporativ firibgarlikni boshqarish va RIsk menejmenti bo'yicha konferentsiya

15.07.21 - 16.07.21

Qayta tiklanadigan energetika sohasidagi "Aatmanirbhar Bharat" imkoniyatlari bo'yicha 2-raqamli konferentsiya va ko'rgazma.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” shiori ostida seminar tashkil etildi.

Tadbirda asosan “Xar bir oila tadbirkor” davlat dasturi to‘g‘risida banklar tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlarni viloyat Markaziy bank bosh boshqarmasi mutahasisi Shobo‘taev Akbar takidlab o‘tdi.

Yangi soliq kodeksi to‘g‘risidagi malumotlarni viloyat Davlat Soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Abdushukuruv tomonidan bo‘lajak tadbirkorlarga va yosh tadbirkorlarga keng tushunchalar berildi.
Viloyat Agro bank mutahasisi Shoyimqulov Bobur o‘z so‘zlarida kredit olishning avzalliklari va kredit olish tartiblari to‘g‘risida malumotlarni yoshlarga yetkazdi.

Bundan tashqari viloyat “Hunarmand uyushmasi” raisi M.Raxmatov, viloyat Bojxona boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, viloyat Adliya boshqarmasi vakillari tomonidan yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilayotgani ta'kidlandi.
Uchrashuvda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashishda muhim omil bo‘layotgani qayd etildi.
Yoshlarda tadbirkorlikka oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularning bandligini ta'minlash, imtiyozli mikrokreditlar olishida ko‘maklashish, uy mehnati va kasanachilikni, ishlab chiqarishni rivojlantirishda Savdo sanoat palatasi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan “Mening biznes g‘oyam” va “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihalarining ahamiyati katta.
Tajribali tadbirkorlar o‘z yutuqlari va hozirgi kunda sohaga qaratilayotgan katta e'tibor to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdi. Mutaxassislar yoshlarga tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunlar, biznes-reja tuzish va uni amalga oshirishda bank kreditlaridan foydalanish kabi masalalar yuzasidan tushuncha va tavsiyalar berdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Tadbir so‘ngida Xovos tumanida faoliyat yurituvchi yosh tadbirkor Egamqulov Sardor tomonidan xatto kredit olmasdan xam tadbirkorlik faoliyatini boshlash mukinligi va buni o‘z faoliyati davomida amalda sinab ko‘rganligi hamda erishilgan yutuqlari to‘g‘risida bo‘lajak tadbirkorlar bilan o‘rtoqlashdi. Tadbirkor o‘z so‘zida tadbirkorlik faoliyatini yuritishda Savdo sanoat palatasining o‘rni beqiyos ekanligini tushuntirib berdi.

 

SSP Axborot xizmati

20.02.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06