17.07.21

Tadbirkorlik sub'ektlari Savdo-sanoat palatasining ishonchli himoyasida

16.07.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

7.07.21

Nodavlat ta'lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta'lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2.07.21

Yoshlarni tadbirkorlikka oʼqitish davom etmoqda

2.07.21

Toshkent viloyatida Kasaba uyushmalari federatsiyasi yigʼilishi oʼtkazildi.

30.07.21 - 30.07.21

Korporativ firibgarlikni boshqarish va RIsk menejmenti bo'yicha konferentsiya

15.07.21 - 16.07.21

Qayta tiklanadigan energetika sohasidagi "Aatmanirbhar Bharat" imkoniyatlari bo'yicha 2-raqamli konferentsiya va ko'rgazma.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlot Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5087-sonli Farmoni va boshqa normativ xujjatlarda Savdo-sanoat palatasiga tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish hamda hunarmandchilikni rivojlantirish borasida qator vazifalar yuklatilgan bo‘lib, Boshqarma, Tadbirkorlik ko‘maklashish markazi va uning tuman, shahar bo‘linmalari, “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi tomonidan 2019 yilda bir muncha ijobiy ishlar amalga oshirilgan.

Sudlarda huquqiy himoya:

2019 yilda tadbirkorlik sub'ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha sudlarga 3812 ta da'vo arizalari kiritilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda, 1020 ta yoki 26 foizga oshganini ko‘rish mumkin.

“Toshkent viloyati tajribasi”:

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tadbir va yig‘ilishlarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha bugungi kungacha 120 ta murojaat qayd etilgan bo‘lib, boshqarma tomonidan 32 ta masala o‘z yechimini topgan, axborot berish xususiyatiga ega bo‘lgan 22 ta murojaatga tushuntirishlar berilgan.

Tumanlarda tashkil etilgan shtablar orqali 2020 yil davomida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda viloyatning 11 ta tuman, shaharida tadbirkorlik sub'ektlari bilan tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish, hal etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish davom ettiriladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat:

2019 yilda Sirdaryo viloyati bo‘yicha jami 117 ta kompaniya tashqi bozorga o‘z mahsulotlarni sotdi.

Shundan hududiy boshqarma tomonidan 50 ta korxonaga umumiy qiymati 220 ming AQSh dollari miqdorida mahsulotlarini xorijiy davlatlarga eksport qilinishida eksport shartnomalar topishda ham amaliy yordam ko‘rsatilgan. Bunda eksport qilingan mahsulotlar asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hisoblanadi. Mahsulotlar asosan Rossiya, Qozog‘iston, kabi davlatlarga eksport qilingan.

Tadbirkorlikka o‘qitish va qayta tayyorlash:   

Davlat raqobat qo‘mitasining Tadbirkorlikka o‘qitish markazi bilan hamkorlikda o‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan aholi, ayniqsa yoshlar uchun “Tadbirkorlik asoslari” mavzusida jami 47 ta o‘quv seminarlar tashkil etilib, 817 ta tinglovchi ishtirok etgan.

Boshqarma, tuman, shahar hokimliklari, Adliya, Soliq, Bojxona boshqarmalari ishtirokida tuman, shaharlarda jami 52 marotaba seminar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilib, jami 1680 nafar tadbirkorlar ishtirok etgan va ularning muammolari o‘rganilgan.

 

Agarda sizning ham tadbirkolik faoliyatingizda shu kabi muammolar yuzaga kelsa o‘z hududingizdagi Savdo-sanoat paltasi yoki Axborot xizmatining @SSP_press telegram akkauntlariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

SSP Axborot xizmati

20.02.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06