17.07.21

Tadbirkorlik sub'ektlari Savdo-sanoat palatasining ishonchli himoyasida

16.07.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

7.07.21

Nodavlat ta'lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta'lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2.07.21

Yoshlarni tadbirkorlikka oʼqitish davom etmoqda

2.07.21

Toshkent viloyatida Kasaba uyushmalari federatsiyasi yigʼilishi oʼtkazildi.

30.07.21 - 30.07.21

Korporativ firibgarlikni boshqarish va RIsk menejmenti bo'yicha konferentsiya

15.07.21 - 16.07.21

Qayta tiklanadigan energetika sohasidagi "Aatmanirbhar Bharat" imkoniyatlari bo'yicha 2-raqamli konferentsiya va ko'rgazma.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Tadbirkorlik subyektiga 450mln so'm kompensatsiya puli undirib berildi. 

"Abbos Frez" MChJ poytaxtimizning Olmazor tumanida savdo faoliyatini amalga oshirishga ixtisoslashgan, umumiy maydoni 102 kv.m ega ikki qavatli binodan egalik huquqi asosida foydalanib kelgan. 

Mahalliy hokimiyatning bu yerda tadbirkorlik mavzesini tashkil etish haqidagi qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektiga tegishli savdo binosi buzilishga tushgan va mulk mustaqil baholovchining xulosasiga ko'ra 450 mln so'm atrofida baholangan.  

Buzilgan bino uchun kompensatsiya to'lovlari tegishli mutassadilar tomonidan amalga oshirilmaganligi sababli tadbirkorlik subyekti O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga muammoni hal qilishni so'rab murojaat qilgan. 

Savdo-sanoat palatasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi "Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo'yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to'g'risida"gi 97-sonli Qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektiga 450 mln so'm kompensatsiya to'lovlarini o'tkazib berishda amaliy yordam berishni so'rab javobgarga murojaat qilgan.  

Mazkur murojaat ijobiy hal etilmaganligi sababli Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyekti foydasiga kompensatsiya to'lovlarini undirish haqidagi da'vo arizasi bilan Toshkent tumanlararo sudiga murojaat qiladi. 

Kiriltilgan da'vo arizasi to'liq qanoatlantirdi va tadbirkorlik subyekti foydasiga jami 450 000 000 so'm kompensatsiya to'lovlari undirib berildi.

 

SSP Axborot xizmati

20.02.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06