29.12.20

Savdo–sanoat palatasi tomonidan “sirli mijoz” tadbirlari oʼtkazildi

28.12.20

Yangi yilga yangi imkoniyatlar bilan

21.12.20

Xiva shahrida o‘quv-seminar tashkil etildi

18.12.20

Savdo-sanoat palatasining yuridik xizmati xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

17.12.20

SSP tomonidan Xiva shahrida ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muhokama etishga bag‘ishlangan videomuloqot o‘tkazildi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Boshqirdiston Respublikasi delegatsiyasining Samarqanddaga tashrifi doirasida 1.8 mln. AQSh dollarlik shartnoma imzolandi.

Joriy yilning 11-12 fevral kunlari boshqaruv tizimini shakllantirish, klasterlarni yaratish va rivojlantirish tajribasini o‘rnatish maqsadida Boshqirdiston Respublikasi Savdo va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish Davlat Qo‘mitasi raisi Aleksey Gusev boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

Samarqand xalqaro aeroportida mehmonlarni Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sh.Yuldashev kutib oldi.

Tashrif doirasida delegatsiya vakillari Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish korxonalari, intensiv bog‘lar va meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalari faoliyati bilan tanishtirildi.

      

 

Boshqirdiston Respublikasi delegatsiyasi shuningdek, Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida bo‘ldi. Ular Savdo-sanoat palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini korib chiqdilar va kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini belgilab oldilar.

     

Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida  “Siyob Shavkat Orzu” fermer xo‘jaligi  (O‘zbekiston) va  “Sentr Pitaniya” MChJ (Boshqirdiston) korxonalari o‘rtasida quruq meva mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan 1.8 mln. AQSh dollarlik shartnoma imzolandi.

SSP Axborot-xizmati

 

 

12.02.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06