22.11.21

SERTIFIKATLASH LOZIM BOʻLGAN MAHSULOTLAR ROʻYХATI QISQARTIRILDI

8.11.21

"Brendingiz davlat himoyasida” mavzusida davra suxbati va master-klaass tashkil etilidi.

27.10.21

82 TURDAGI ХOM ASHYO VA YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR IMPORT BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Shavkat Mirziyoyev Tatariston delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 noyabr kuni Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi sub’ektlari orasida O‘zbekiston hududlari uchun yetakchi hamkorlardan biri bo‘lgan Tatariston bilan aloqalarning bugungi bosqichidagi dolzarb masalalar va amaliy sheriklikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yilda Tatariston poytaxti Qozon shahrida O‘zbekistonning bosh konsulligi ochildi.

Rossiyaning ushbu hududi bilan o‘zaro savdo hajmi ortmoqda. Mashinasozlik, neft-gaz, kimyo va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, kooperatsiyani kuchaytirish hamda qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika va farmatsevtika tarmoqlari, axborot texnologiyalari, uy-joy kommunal xo‘jalik, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida amaliy loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv so‘ngida 2020 yilga mo‘ljallangan «yo‘l xaritasi»ni qabul qilish va sheriklikni kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama ishchi guruhining muntazam uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

 

 

27.11.2019

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06