23.09.21

“Toshkent shahar kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi, ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi

23.09.21

Budapeshtda Turkiy tilli mamlakatlar hamkorlik kengashiga a'zo davlatlar Savdo-sanoat palatalarining navbatdagi yig‘ilishi va biznes forum bo‘lib o‘tdi

23.09.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

22.09.21

Alyona Shalavina boshchiligidagi delegasiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi

15.09.21

Toshkentda Oʼzbekiston-Turkmaniston Hukumatlararo komissiyasining 16-yigʼilishi boʼlib oʼtdi

22.09.21 - 24.06.21

Qurilish

22.09.21 - 24.09.21

Qurilish texnikasi va texnologiyalari

22.09.21 - 24.09.21

Isitish, shamollatish va suv ta'minoti

8.09.21 - 10.09.21

Plastmassa sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Prezident lokalizasiyani kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoev 20 noyabr kuni “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida o‘tayotgan O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bilan tanishdi. 

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 1 maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur tadbir 18 noyabr' kuni boshlangan edi. Unda mingga yaqin korxonalar, kompaniya va firmalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari 10 mingdan ortiq turdagi mahsulotlari bilan qatnashmoqda.  

Ishtirokchilar sanoat korxonalarining esportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlari, ularning sifat va texnik ko‘rsatkichlari, ulgurji va chakana narxlari, korxonalarning mavjud quvvatlari kabi ma'lumotlar bilan tanishmoqda. Bu mahalliy va xorijiy bozorlarda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni o‘rganish, ularni ishlab chiqarish va sotib olish bo‘yicha hamkorlar topish, kichik biznes sub'ektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etishda muhim omil bo‘lmoqda. 

Prezidentimiz yarmarkada namoyish etilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi. Ularning xaridorgirligi, lokalizasiya darajasi bilan qiziqdi. Mahalliylashtirishni kengaytirish, import bo‘layotgan detallar ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish, sifatni ta'minlash orqali xaridor orttirish zarurligini ta'kidladi.

Ishlab chiqaruvchi qachon rivojlanadi? Mahsulotining egasi bo‘lsa. Bu yarmarkaga kelgan har bir korxona va tadbirkor natijaga erishishi, oddiy gaykadan tortib katta mashinalargacha xaridorini topishi kerak. Uni ishtirokchilar rozi bo‘lguncha davom ettirish lozim, - dedi davlatimiz rahbari.

Shavkat Mirziyoevga Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida tashkil etilgan elektron kooperatsiya birjasi – www.cooperation.uz portali haqida ham ma'lumot berildi. 

Mazkur portal orqali ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlariga xaridor topishi, ularni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishi mumkin. Portal statistika, bojxona, soliq, sertifikatlashtirish idoralari ma'lumotlar bazasiga ulangan. 

Sanoat korxonalari va buyurtmachilar o‘rtasidagi shartnomalar «onlayn» tarzda rasmiylashtirilmoqda. Xalqaro savdo markazida tarmoqlar, hududlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining ishlab chiqarish salohiyati, kooperatsiyaga talab va ehtiyoji bo‘yicha taqdimotlari o‘tkazilmoqda.

 

Manba: prezident.uz

20.11.2019

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06