18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

18.10.21

Nurafshon shahrida kichik sanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati oʼrganildi.

15.10.21

Vengriya bilan axborot texnologiyalari, innovatsiya va klaster yoʼnalishida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

SSP da oziq ovqat sanoati sohasida importni optimallashtirish hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida 2019 yil 31 oktyabr kuni oziq ovqat sanoati sohasida importni optimallashtirish hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Ombudsman, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi hamda Savdo-sanoat palatasi mas'ul xodimlari bilan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari va importer korxonalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida oziq-ovqat sanoatida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish, chetdan tovarlar importini optimallashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘lamini va mahsulot turlarini kengaytirish, ichki bozorda mahsulotni reklama qilish va xaridorlarga yetkazib berishning zamonaviy uslublaridan foydalanish borasidagi masalalar ishtirokchilar o‘rtasida keng muhokama etildi.

Davra suhbatini Savdo-sanoat paltasi raisining birinchi o‘rinbosari I.Jasimov olib borib, respublikamizda milliy iqtisodiyotimizning raqobatqodirligini ta'minlash va mahalliy ishalb chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan ekaligini ta'kidlab o‘tdi.

Tadbirda “Respublikamizda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishda tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Oziq-ovqat sanoati sohasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi ma'ruza bilan “O‘zbekoziqovqatxolding” XK ma'sul xodimi uyushmasi mas'ul xodimlari taqdimot qildilar.

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi tomonidan respublikamizga so‘nggi yillarda eng ko‘p import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ham taqdimot qilindi.

Yig‘ilishda tadbirkorlik sub'ektlari oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish borasida duch kelinayotgan muammolar, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi mavjud qiyinchiliklar hamda ichki bozordagi raqobat muhitini yanada sog‘lomlashtirishga qaratilgan qator takliflar va fikr-mulohazalarni bildirdilar.

SSP Axborot xizmati

31.10.2019

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06