18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

18.10.21

Nurafshon shahrida kichik sanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati oʼrganildi.

15.10.21

Vengriya bilan axborot texnologiyalari, innovatsiya va klaster yoʼnalishida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Boj stavkalari bo'yicha kiritilayotgan o'zgarishlar yuzasidan press-brifing

Savdo-sanoat palatasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 2 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi "O'zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3818-son qaroriga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritish to'g'risida"gi qarorining mazmun-mohiyatini oammaviy axborot vositalari va mahalliy tadbirkorlik sub'ektlariga yoritib berishga bag'ishlangan press-brifing bo'lib o'tdi.

Press-brifingda respublika ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, televidenie, radio kompaniyalar, elektron ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar, ilmiy tadqiqot markazlari hamda tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok etdilar.
Tashqi savdo sohasida so'nggi yillarda respublikamizda amalga oshirilayotgan qator o'zgarishlar avvalo, biznes uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha byurokratik to'siq va cheklovlarni olib tashlash, bu boradagi qog'ozbozlik va ruxsat beruvchi tartib-tamoyillarni yanada soddalashtirish hamda axborot texnologiyalarini keng joriy etishga qaratilmoqda.

Tashqi savdoni tarif va notarif tartibga solish masalalari hozirgi kundagi dolzarb masalalar qatoridan o'rin olganligi bilan ahamiyatli bo'lish bilan birga har qanday davlatning jahon iqtisodiyotida o'z o'rnini topishda ma'lum ma'noda milliy itqtisodiyotni samarali boshqarish dastaklaridan biri sifatida e'tirof etiladi.

Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 oktyabrdagi qarorining mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish hamda unda boj stavkalariga kiritlayotgan o'zgartirishlarni tadbirkorlik sub'ektlariga batafsil tushuntirib berish muhimligini inobatga olgan holda mazkur Press-brifing tashkil etildi.

Tadbirda Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasining rahbarlari va shu masala bo'yicha mutaxassislari hamda xo'jalik birlashmalari, tadbirkorlik sub'ektlari,ilmiy tadqiqot markazlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari Islom Jasimov kirish so'zi bilan ochib berdi. 


Jumladan, I.Jasimov o'z so'zida mazkur qarorni ishlab chiqish jarayonida boj stavkalari bo'yicha mahalliy tadbirkorlardan, sanoatning turli tarmoqlaridan boj stavkalariga doir takliflar olinib, ular o'rganib chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashiga ko'rib chiqish uchun kiritilganligini alohida ta'kidlab o'tdi.

Shuningdek, ushbu masalada Savdo-sanoat palatasi mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida joriy yilning mart, aprel va iyun oylarida mahalliy tadbirkorlik sub'ektlarini jalb qilgan holda boj stavkalari bo'yicha takliflar ishlab chiqish borasida atroflicha muhokama o'tkazilganligi, bunda turli tarmoqlar uchun boj stakalarining ta'siri hamda tadbirkorlarning takliflari olinganligini ma'lum qildi.
Tadbirda yana bir muhim jihat I.Jasimov tomonidan alohida ta'kidlandiki, xalqaro tajribaga ko'ra tashqi savdo faoliyati barcha davlatlar tomonidan tartibga solinishi, tashqi savdoni boshqarish orqali davlatning milliy iqtisodiy manfaati va strategik maqsadlari ko'zlanishi, tadbir ishtirokchilariga yetkazildi.

Shuningdek, I.Jasimov o'z so'zida “tobora va tezkorlik bilan globallashib borayotgan jahon iqtisodiyotida milliy iqtisodiyotni boshqarish oson emas. Agar biror bir davlat tashqi savdoni o'z holiga tashlab qo'ysa, unda iqtisodiyot «iste'molchi iqtisodiyot»ga aylanadi», - deb ta'kidlab o'tdi.

Brifingda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining o'rinbosari G'.A.Mamatqulov “Boj stavkalari bo'yicha kiritilayotgan o'zgarishlarning ichki iste'mol talabiga ta'siri” to'g'risida ma'ruza qildi. G'.Mamatqulov o'z so'zida boj stakalari bo'yicha o'zgarishlar ichki iste'mol bozoriga, ya'ni 2 oktyabrdagi 4470-sonli qarorga asosan, aholining doimiy iste'mol qiladigan birlamchi ehtiyojidagi tovarlar narxlarining oshishiga ta'sir ko'rsatmasligini aytib o'tdi. G'.Mamatqulov mazkur qarorga muvofiq respublikada ishlab chiqarish hajmi yetarli bo'lmagan asosiy iste'mol tovarlari uchun bojxona boji stavkalari oshirilmasligi belgilanganligini ma'lum qildi.

Brifing davomida O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari B.Abidov tasdiqlangan boj stavkalarini xorijiy davlatlarda qo'llanilayotgan boj stavkalari bilan taqqoslama tahlili hamda respublikaning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishida qabul qilingan o'zgarishlarning zaruriyati to'g'risida ma'ruza qildi.
B.Abidov bojxona tarif stavkasi past bo'lishi, bu o'sha davlatning ichki va tashqi imkoniyatlariga salbiy ta'sir etishi kuzatilishini ta'kidlab, O'zbekiston bilan hamkor davlatlardagi o'rtacha arifmetik stavkalar haqida ma'lumot berib, ya'ni bu ko'rsatkich Xitoyda 9,8 foiz, Turkiyada 10,9 foiz, Koreyada 13,7 foiz, Hindistonda 13,8 foizni tashkil etish barobarida O'zbekistonda esa amaldagi stavka 5,6 foizdir. Mahsulotlar kesimida esa Koreya Respublikasida meva-sabzavotlar mahsulotlari importi uchun 45 foiz, Turkiyada un uchun 80 foiz bojxona boji undiriladi. 

Tadbirda B.Abidov boj stavkalariga takliflarni ishlab chiqishda O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonlarini faollashtirish masalasi ham inobatga olinganligini ma'lum qildi.
Davlat bojxona qo'mitasi raisining o'rinbosari M.Saliev eng ko'p import qilinadigan tovar pozitsiyalari bo'yicha boj stavkalirga kiritilgan o'zgarishlarga doir aniq misollar hamda qo'shilgan qiymat solig'ini 15% ga tushirilganligini inobatga olgan holda to'lanadigan boj to'lovlarining umumiy yuki to'g'risida ma'ruza qildi.

M.Saliev o'z ma'ruzasida 2019 yilning o'tgan davrida umumiy import hajmi 16,2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, shundan MDH mamlakatlaridan qilingan import 5,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etganligini ma'um qildi.
Bojxona to'lovlariga tortiladigan umumiy import 4,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, shundan MDH mamlakatlari hissasiga 2,0 mlrd. AQSH dollarini (46,3%) tashkil etishi aniq raqamlarda ko'rsatib o'tildi.


2020 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradigan yangi boj stavkalariga ko'ra, 11293 turdagi tovarlar bo'yicha import boji stavkalari belgilanib, shulardan 7261 turdagi tovarlar stavkasi o'zgarishsiz qoldirilishi, 2730 turdagi tovarlarga bojxona tarif stavkasi joriy etilishi, 1096 turdagi tovarlar bojxona tarif stavkasi oshirilishi hamda 208 turdagi bojxona tarif stavkasi pasaytirilishi ko'zda tutilgan.
M.Soliv tomonidan MDH mamlaktlarida ishlab chiqarilgan tovarlarni import qilishda import boji undirilmasligi, bu esa o'z navbatida qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi pasaytirilganligi xisobiga tovarlar narxlarining o'rtacha 5% ga tushishini ta'minlashi qayd etildi. Shuningdek, Stavkalar o'zgarishining ayrim turdagi tovarlarga ta'siri to'g'risida yaqqol misollar bilan tadbir ishtirokchilariga axborot berildi.
Tadbirda Savdo-sanoat palatpsining boshqarma boshlig'i G'.Usmanov mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish borasidagi maqsadli vazifalar to'g'risida ma'ruza qilib, tashqi iqtisodiy faoliyatni bojxona tariflari jihatidan tartibga solish har qanday davlat uchun milliy iqtisodiyotni jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga yordam berishi va iqtisodiyotning sanoat tarmoqlarini rivojlanishi uchun zarur sharoit-sharoitlarni yaratishini ta'kidlab o'tdi.

Shuningdek, G'.Usmanov tomonidan aniq misollar bilan slaydlar orqali boj stavkalari bo'yicha umumiy holat tahlil qilib berildi, ya'ni 0% stavkasi jami tovarlarning 37,7% ga, 5% stavka - 16% tovarlarga, 10% stavka - 18,7% tovarlarga, 20% stavka - 16,8% tovarlarga va 30% stavka bor-yo'g'i 4,7% tovarlarga o'rnatilganligi ko'rsatib o'tildi.


Jahon amaliyotida boj stavkalarini tasniflash klassifikatoriga ko'ra 10% gacha boj stavkalari tashqi savdo operatsiyalari uchun ochiq stavkalar sifatida e'tirof etilsa, 25% dan yuqori bo'lgan stavkalar cheklovchi va proteksionistik boj stavkalari toifasiga kirtiladi. Shu tasnif asosida O'zbekistonda 2020 yildan amalga kiritiladigan boj stavkalarining qariyib 73% “ochiq” stavkalar ekanligi alohida qayd etildi.
Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari, mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari hamda ilmiy tadqiqot markazlarining vakillari tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga o'zlarini qiziqtirgan masalalar bo'yicha mavzuga oid savollar berildi hamda boj stavkalari yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar almashildi.


  SSP Axborot xizmati


 

30.10.2019

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06