29.11.20

Konsultativ va moliyaviy qoʼllab-quvvatlash yoʼli bilan kichik korxonalarga koʼmaklashish dasturi o’z faoliyatini boshladi

23.11.20

2021 yil 1 apreldan qanday imtiyozlar bekor qilinadi

19.11.20

Nukusda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari va yoshlar o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

18.11.20

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

17.11.20

O‘zbekiston-Eron palatalari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O'zbekiston va Turkiya ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum va “В2В” formatidagi ikki tomonlama muzokaralar bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Turkiyadagi O'zbekiston Respublikasi elchixonasi tomonidan Turkiyaning mustaqil ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uyushmasi “MUSIAD” rahbari A.Kaana boshchiligida 30 kishidan iborat delegatsiya vakillarining O'zbekistonga tashrifi amalga oshirildi. 


Tashrif doirasida joriy yil 24 sentyabr kuni soat 10-00da “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining konferens-zalida O'zbekiston va Turkiya ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum va “В2В” formatidagi ikki tomonlama muzokaralar bo'lib o'tdi.

     
Ushbu tashrifdan maqsad - qurilish sanoati, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat, neft va metallurgiya, go'sht va sut mahsulotlari, shamol va quyosh energiyasi, transport va logistika sohalarida muzokaralar olib borishdir.
Forum davomida Turk tadbirkorlari O'zbekistonda investitsion muhitni yanada yaxshilash, iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. 

      
So'zga chiqqanlar 2017 yil oktyabr oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Turkiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi, shuningdek, 2018 yil aprel oyida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyib Erdo'g'onning O'zbekistonga qilgan davlat tashrifi o'zbek-turk munosabatlari tarixida yangi sahifa ochganini ta'kidlab o'tdilar. 

    
Ushbu tashriflar doirasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, bank-moliya, investitsiya, turizm, transport-logistika, sog'liqni saqlash kabi sohalarda imzolangan hujjatlar bugungi kunda ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi pog'onaga ko'tarilgani alohida ta'kidlandi.

    
Ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi «V2V» uchrashuvida O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari, jumladan, ikki mamlakat korxonalarining hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish bo'yicha o'zaro fikr almashildi. 

    
Unda mamlakatimizda faoliyat yurituvchi 50 ga yaqin tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok etdi. Muzokaralarda O'zbekiston-Turkiya savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, jumladan, O'zbekiston va Turkiya korxonalari o'rtasida sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish bo'yicha fikr almashish masalalari xam muhokama qilindi.

    
Delegatsiya a'zolarining yurtimizga tashrifi davom etmoqda, tashrif dasturiga ko'ra delegatsiyaning turizm salohiyati bilan tanishish maqsadida tarixiy shaxarlardan Buxoro va Samarkandga tashrifini amalga oshirish o'rin olgan. 

2019 yil yanvar-may oylarida O'zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o'rtasidagi o'zaro tovar aylanmasi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 17.5% ga o'sib, 953,2 mln. AQSH dollarini tashkil qildi.  
Shu o'rinda aytish joizki, O'zbekistonga bo'lgan davlat tashrifi davomida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va “MUSIAD” tashkiloti o'rtasida hamkorlik bitimi imzolangan bo'lib, Toshkent shahrida “MUSIAD” ning vakolatxonasi ochilgan. 

24.09.2019

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06