24.06.22

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

22.06.22

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi

21.06.22

Ozarbayjon Respublikasiga tashrif

21.06.22

Qayta tiklanuvchi elektr energiyasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazildi

20.06.22

Turizm transporti sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan uchrashuv

18.06.22 - 23.06.22

FIA-2022 53-Jazoir xalqaro yarmarkasi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Xalqaro hunarmandchilik festivalining asosiy tadbirlari qaerda bo'lishi ma'lum

Qo'qon shahrida ilk bor o'tkazilayotgan xalqaro hunarmandchilik festivaliga qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Xalqimizning qadimiy tarixi va madaniy hayotini har tomonlama keng yoritish, nomoddiy madaniy merosimizning ajralmas qismi bo'lgan milliy hunarmandchiligimizni keng namoyish etish, uning noyob namunalarini targ'ib qilish bo'yicha o'tkazilayotgan mazkur festivalning ahamiyati beqiyos. Shuning uchun ham ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkil etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mazkur festivalga puxta tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish bilan bog'liq xarajatlar uchun 185,6 milliard so'm mablag' ajratilgan bo'lib, hozirga qadar 110 milliard so'm o'zlashtirildi.

Ko'hna kentda Xudoyorxon o'rdasi, Jome masjidi, Norbo'tabiy va Sohibzoda Hazrat madrasalari, Modarixon dahmasi va Dahmai shohon kabi ko'plab madaniy meros ob'ektlari mavjud. Festivalga tayyorgarlik ishlari jarayonida har bir madaniy meros ob'ekti bo'yicha turli tillarda bukletlar tayyorlash, tashrif buyuruvchilarga yuqori darajada xizmat ko'rsatish faoliyatini yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan. Qo'qon shahar hokimligidan ma'lum qilinishicha, bugungacha 12 ta tarixiy obidalarni ta'mirlash ishlari yakunlandi, maydonlar, xiyobonlar, yo'llar chetidagi yashil maydonlarni hamda ko'p qavatli uylar oldidagi maydonlarni sug'orish uchun yopiq yer osti magistral sug'orish tizimini ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. 

Shahardagi ichimlik suv va oqova suv tarmoqlarini qurish va qayta qurish ishlari uchun qo'shimcha ravishda 3 milliard so'm mahalliy byudjetdan mablag' ajratilib, bu boradagi ishlarni yakunlash choralari ko'rilmoqda.

Festivalning asosiy tadbirlari Xudoyorxon o'rdasida bo'lib o'tadi. Ayni kunlarda bu yerda keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Sahna va amfiteatr qurilishi davom etmoqda. Yangidan qurilayotgan mehmonxonalarning 3 tasida qurilish ishlari yakunlandi, 5 tasida davom ettirilmoqda. Ishtirokchilar uchun qo'shimcha 30 ta uy mehmonxonalari tashkil etilayotir. Shuningdek, shahar ko'chalarini obodonlashtirish, gullar ekish, ko'chalarni bezash, qo'shimcha yoritish chiroqlarini o'rnatish, ko'p qavatli uylar fasadini ta'mirlash, ovqatlanish shahobchalari, konferensiya o'tkazish zali va matbuot markazini tayyorlash ishlarini to'liq yakunlash tadbirlari olib borilmoqda. 

5 kun davom etadigan mazkur festivalda 80 ga yaqin mamlakatdan 180 nafar saralangan hunarmand ustalar ishtirok etishi kutilmoqda. Festival doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy san'atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya, hunarmandlarning ko'rik-tanlovi, shuningdek xorijiy va mahalliy hunarmandlarning mahorat darslari tashkil etiladi.

Xalqaro hay'at tomonidan ko'rik-tanlov ishtirokchilarining mahsulotlari ko'rgazmasi va mahorat darslari 5 ta nominatsiya bo'yicha baholanadi.

 

uza.uz

26.07.2019

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06