6.05.21

Mahsulot, tovar va хizmatlarning nomlari unifikatsiyalashdi

3.05.21

Har bir “VATT” qadrli

3.05.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

3.05.21

Yoshlar: 1+1 dasturi doirasida Mirobod tuman yoshlariga sertifikatlar topshirildi

30.04.21

Yevropa Ittifoqining Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) ga muvofiq O‘zbekistondan ayrim meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga berilgan imtiyozlar

27.05.21 - 29.05.21

To'qimachilik va moda sanoati

27.05.21 - 29.05.21

Ishlab chiqarish texnologiyalari. Yog'ochga ishlov berish. Mebel va aksessuarlar.

26.05.21 - 28.05.21

Hindiston va Afrika bo'yicha CII-EXIM banki konklavining 16 loyihasi sherikligi

18.05.21 - 20.05.21

Energiya, atom energiyasi, muqobil energiya manbalari

18.05.21 - 25.05.21

WR Packaging Expo 2021

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Iqtisodiy taraqqiyotimizning muhim omili

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun mediatur tashkil etildi. Ushbu tadbir doirasida jurnalistlar O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Jahon banki guruhining «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» qo‘shma loyihasi doirasida energiya samaradorligi yuqori texnologiyalarni joriy etish va energiya tejash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. 

Bugun taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlarda barcha turdagi resurslar, jumladan, elektr energiyasi, xomashyo va materiallardan samarali foydalanish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Qazilma boyliklarning ulkan zaxirasiga ega mamlakatimizda energiya tejash va hisobga olish tizimlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash va sanoatni boshqarish, energiya resurslarini tashish va foydalanishning samarali moliyaviy-iqtisodiy vositalarini ishlab chiqish orqali ushbu maqsadlarga erishilmoqda. 

Prezidentimiz Islom Karimovning 2012 yil 21 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2013 yilga investitsiya dasturi to‘g‘risida»gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 iyuldagi «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu hujjatlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Jahon banki Xalqaro taraqqiyot uyushmasining «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» qo‘shma loyihasi amalga oshirilmoqda. 

Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va O‘zbekiston tijorat banklari kredit mablag‘lari samarasida mamlakatimiz sanoat korxonalarining aksariyati mahsulot ishlab chiqarish jarayonida elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfini sezilarli qisqartirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mediatur mamlakatimiz sanoatida energetika resurslaridan samarali foydalanish borasidagi ishlar natijalari bilan ommaviy axborot vositalari vakillarini tanishtirish va buni keng jamoatchilikka etkazish maqsadida tashkil etildi. 

Tadbir doirasida jurnalistlar «Toshkent yog‘-moy kombinati», «O‘zpaxtasanoat» AJ korxonalari, «Maksam-Chirchiq», «Ammofos-Maksam» aktsiyadorlik jamiyatlari va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati kabi poytaxtimiz va Toshkent viloyatidagi qator sanoat korxonalarida bo‘ldi. 

«Toshkent yog‘-moy kombinati» aktsiyadorlik jamiyati faoliyati jurnalistlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu erda mahsuldorlik hajmini kengaytirish maqsadida ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihada yillik energiya sarfini kamida 20 foizga qisqartirishga erishish ko‘zda tutilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunga energiya resurslaridan kam foydalanish, ko‘p issiqlik va bug‘ ishlab chiqarish, atmosferaga bug‘xona gazini chiqarish hajmini qisqartirishni ta’minlaydigan yuqori samaradorlikka ega yangi avlod qozonlari o‘rnatilgan holda, qozonxona tsexining qayta jihozlanishi orqali erishilgan. Yangi texnologiyalarni xarid qilish uchun korxonaga 960 ming dollarlik kredit berildi. 

Mamlakatimizning yirik sanoat korxonalaridan biri bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif ham yanada qiziqarli bo‘ldi. Bugungi kunda kombinat 8 tog‘-kon korxonasi, 5 boyitish fabrikasi, 2 metallurgiya, ta’mirlash-mexanika va ohak zavodlari, oltingugurt kislotasi mahsulotlari ishlab chiqarish, 20 dan ortiq yordamchi tsex va boshqa ob’ektlarni o‘zida birlashtirgan. 

– Kombinatda energiya samaradorligiga erishish, energiya resurslari sarfini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi kombinat bosh energetigi D.Timoshuk. – Bugungi kunda ikkita loyihani amalga oshirdik. Jumladan, mis boyitish fabirkasi qoldiqlarni joylash tsexining 2A pulьponasos stantsiyasida 6 kVli chastotali o‘zgartirgich o‘rnatildi. Shuningdek, rux va mis eritish zavodlarining kompressor stantsiyalari texnik qayta jihozlandi. Buning natijasida 2015 yilda erishilgan iqtisodiy samaradorlik 12,5 million kilovatt-soat elektr energiyasini tashkil qildi. 

2016-2017 yillarda ham Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bu boradagi ishlar davom ettiriladi. Tarkibida mis va oltin mavjud bo‘lgan kontsentratni filьtrlash hamda quritish uchastkasi, 54-nimstantsiyaning rekonstruktsiya qilinishi, mis eritish zavodi kompressor stantsiyasining texnik qayta jihozlanishi ko‘zda tutilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, tabiiy gaz 17,4 million kub metr va elektr energiyasi esa 48 million kilovatt-soat tejalishi kutilmoqda. 

Qishloq xo‘jaligi uchun o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan «Maksam-Chirchiq» va «Ammofos-Maksam» aktsiyadorlik jamiyatlarida ishlab chiqarish ob’ektlarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, «Maksam-Chirchiq» aktsiyadorlik jamiyatida «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyihasi doirasida 103 pozitsiyasidagi tabiiy gaz bilan ishlaydigan olovli isitgich 107 pozitsiyasidagi riforming pechining issiqlik apparaturasi blokiga o‘tkazildi. Buning samarasida «zangori olov» tejaladi, atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar miqdori qisqaradi. Shuningdek, riforming pechining tutun gazlari issiqligidan foydalanish darajasi oshadi va atmosferaga chiqarilayotgan tutunlar harorati kamayadi. 

«Ammofos-Maksam» aktsiyadorlik jamiyatida jurnalistlarga quvvati 800 kilovatt bo‘lgan yuqori volьtli 5 elektr motorini ancha energiya tejamkor motorlarga almashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan loyiha natijalari xususida ma’lumot berildi. Avvallari eskirgan uskuna yiliga 24,8 million kilovatt-soat elektr energiyasi sarflagan bo‘lsa, quvvati 630 kilovattli yangi qurilmalarning o‘rnatilishi samarasida elektr energiyasi iste’molini yiliga 5,2 million kilovatt-soatdan ortiq kamaytirishga erishildi. 

«O‘zpaxtasanoat» aktsiyadorlik jamiyati korxonalarida ham energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Jumladan, mediatur doirasida jurnalistlar «O‘zpaxtasanoat» aktsiyadorlik jamiyatining «O‘zbekiston» paxtani qayta ishlash zavodiga tashrif buyurdi. Foydalaniladigan elektr energiyasini qisqartirish maqsadida aktsiyadorlik jamiyati tomonidan quyosh batareyalarida ishlaydigan 1200 dona ko‘cha chiroqlari xarid qilindi. Bu yoritish texnikasi bilan jihozlanish darajasi, shuningdek, paxtani qayta ishlash zavodlari tayyorlov punktlarining tashqi qiyofasi va infratuzilmasini tubdan o‘zgartirish imkonini bermoqda. Shu bilan birga, energiya iste’molini kamaytirish, kompressor uskunalar va chastotali o‘zgartirgichlar qo‘llangan holda elektr dvigatellarini himoya qiladigan yangi avtomatlashtirilgan qurilmalarni joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ayni paytda korxonalarni zamonaviy, elektr samaradorligi yuqori bo‘lgan linter uskunalari asosida texnik qayta jihozlash masalalari hal qilinmoqda. 

«O‘zpaxtasanoat» aktsiyadorlik jamiyati prognozlash va iqtisodiy tahlil boshqarmasi boshlig‘i D.Rafiqovning ta’kidlashicha, mazkur loyihalarning amalga oshirilishi soha korxonalari energiya samaradorligini bir necha marta oshirish imkonini berdi. Xususan, quyosh batareyalarida ishlaydigan ko‘cha chiroqlarining o‘rnatilishi hisobiga paxtani qayta ishlash zavodlari tayyorlov punktlarining keng hududlarini yoritishda elektr energiyasi sarfi sezilarli darajada kamaydi. Yillik tejalgan elektr energiyasi 3,5 million kilovatt-soatdan oshdi. 

Mediatur yakunida jurnalistlarga «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyihasi doirasida mamlakatimizdagi 32 sanoat korxonasida jami 81 loyiha amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu loyihalar yiliga 539 million kilovatt-soatdan ortiq elektr energiyasi va 252 million kub metrdan ziyod tabiiy gazni iqtisod qiladi. Shu tariqa mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va 2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturida belgilangan maqsadlarga erishishga salmoqli hissa qo‘shiladi. 


Mehribon Mametova, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA

30.03.2016

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06