24.06.22

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

22.06.22

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi

21.06.22

Ozarbayjon Respublikasiga tashrif

21.06.22

Qayta tiklanuvchi elektr energiyasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazildi

20.06.22

Turizm transporti sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan uchrashuv

18.06.22 - 23.06.22

FIA-2022 53-Jazoir xalqaro yarmarkasi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Toshkent shahrida amalga oshiriladigan yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 20 may kuni Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. 

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2018 yil 21 dekabr kuni bo'lib o'tgan navbatdan tashqari sessiyasida poytaxtimizni yirik ishbilarmonlik markaziga aylantirish, investitsiyalarni faol jalb qilib, zamonaviy korxonalar tashkil etish bo'yicha vazifalar belgilangan edi. Shunga muvofiq, joriy yil 4 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini infratuzilmaviy rivojlantirishga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi. 

Bugungi kunda poytaxtimizda kichik sanoat zonalari va texnoparklar infratuzilmasidan samarali foydalanib, yuqori texnologiyali quvvatlarni tashkil etish, qo'shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish bo'yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Bu masala davlatimiz rahbarining doimiy e'tiborida turibdi. 

13 may kuni Prezident huzurida bo'lib o'tgan yig'ilishda ham to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda Toshkent shahrida zamonaviy sanoat korxonalari tashkil etish ishlari tahlil qilingan edi. 

Avval berilgan topshiriqlarga muvofiq, Toshkent shahrida amalga oshirish uchun umumiy qiymati 617 million AQSH dollaridan ziyod 19 ta yangi investitsiya loyihasi ishlab chiqildi. 

Ahamiyatlisi shundaki, ushbu loyihalarning barchasi sanoat sohasiga oid bo'lib, ular ijrosi natijasida 10 mingdan ortiq ish o'rni yaratiladi. Har yili qariyb 1 milliard dollarlik bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish, 290 million dollardan ziyod eksport qilish imkoniyati paydo bo'ladi. 

Loyihalar qo'shimcha qiymati va mahalliylashtirish darajasi yuqori bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Keng turdagi maishiy texnika, lift va eskalatorlar, nasoslar, suv isitgichlar, qog'oz, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy kimyo vositalari, zargarlik va shisha buyumlari shular jumlasidandir. 

Investorlar va tashabbuskorlar o'z loyihalari yuzasidan taqdimotlar o'tkazdi. Ushbu korxonalar Toshkent mexanika zavodining hozirda foydalanilmayotgan bino va maydonlarida tashkil etiladi. Ular 2019-2020 yillar davomida ishga tushiriladi. 

Prezidentimiz ushbu loyihalar shaharning mavjud infratuzilmasidan samarali foydalangan holda bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish, aholini ish bilan ta'minlash jihatidan muhimligini ta'kidlab, ularni tezroq ishga tushirish bo'yicha ko'rsatmalar berdi. Mutasaddilarga xaridorgir sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo'yicha umumiy qiymati kamida 1 milliard dollar bo'lgan qo'shimcha loyihalar shakllantirish vazifasi qo'yildi.
 

21.05.2019

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06