23.09.21

“Toshkent shahar kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi, ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi

23.09.21

Budapeshtda Turkiy tilli mamlakatlar hamkorlik kengashiga a'zo davlatlar Savdo-sanoat palatalarining navbatdagi yig‘ilishi va biznes forum bo‘lib o‘tdi

23.09.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

22.09.21

Alyona Shalavina boshchiligidagi delegasiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi

15.09.21

Toshkentda Oʼzbekiston-Turkmaniston Hukumatlararo komissiyasining 16-yigʼilishi boʼlib oʼtdi

22.09.21 - 24.06.21

Qurilish

22.09.21 - 24.09.21

Qurilish texnikasi va texnologiyalari

22.09.21 - 24.09.21

Isitish, shamollatish va suv ta'minoti

8.09.21 - 10.09.21

Plastmassa sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

"Xotin-qizlarni mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

Xotin-qizlarni mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risidagi Prezident qarori (PQ-4235, 07.03.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 maydan:

- ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qo'llash bo'yicha taqiqlar bekor qilinadi;
- tavsiyaviy xarakterdagi ayollar sog'lig'iga salbiy ta'sir etishi mumkin bo'lgan soha yoki kasblar ro'yxati tasdiqlanadi;
- bola parvarishlash ta'tilining kamida uch oyi ota tomonidan foydalanilgan taqdirda, ota yoki onadan biriga qo'shimcha bir oy nafaqa to'lanadigan bola parvarishlash ta'tili beriladi;
- ikki yoshga to'lmagan farzandini tarbiyalovchi ota-onalarning biriga ularning ish paytidagi dam olish va ovqatlanish, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar hisobidan ish beruvchi bilan kelishgan holda kun davomida foydalaniladigan tanaffus vaqtini belgilash huquqi beriladi;
- ayollarning pensiya yoshiga to'lganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to'lgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko'ra bekor qilish taqiqlanadi;
- erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog'liq ishlarning sudlarda ko'rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko'rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga ko'ra davlat hisobidan qoplanadi.

Shuningdek qaror bilan, nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega bo'lgan “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” tashkil etilishi belgilandi.

Xotin-qizlarning gender kamsitilishga yo'l qo'ymaslik maqsadida O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi ko'magidagi Xotin-qizlarning gender tengligini himoya qilish bo'yicha komissiya tuzildi.

Bundan tashqari, “Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar va imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida” hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilish to'g'risida”gi Qonunlar ishlab chiqiladi.

BMTning Statistika komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan minimal gender ko'rsatkichlar va boshqa ma'lumotlar “Gender.stat.uz” veb-saytiga joylashtiriladi va ma'lumotlar doimiy ravishda yangilanib boriladi.

 

Hujjatning to'liq matni 

 

11.03.2019

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06