18.06.21

Sholikolarga subsidiyalar berish tartibi tasdiqlandi

15.06.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

9.06.21

Tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish maqsadida Palata tomonidan joylarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

3.06.21

Respublikamizda turizmni rivojalantirishga qaratilgan istiqbolli investision loyiha muhokama qilindi

2.06.21

Surxondaryoda infratuzilmani yaxshilash uchun 1 trillion 900 milliard so‘m ajratiladi

29.06.21 - 30.06.21

Yashil binolarda malaka oshirish dasturi

15.06.21 - 17.06.21

Qishloq xo'jaligi

9.06.21 - 11.05.21

Sog'liqni saqlash

9.06.21 - 11.05.21

Stomatologiya

9.06.21 - 11.06.21

Farmatsevtika sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Nukusda «Tadbirkor va fermer ayollar» forumi bo‘lib o‘tdi

Bilamizki, davlatimiz tomonidan aziz ayollarga qaratilayotgan e’tibor katta. Fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida tashabbuskor ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi roli va mavqeini yanada oshirish, ona va bola salomatligini muhofaza etish, millat genafondini saqlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

2016 yil 22 fevralida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan «Sog‘lom ona va bola yili»da 8 mart Xalqaro Xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkaziladigan bayram tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi»ga asosan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan 2016 yil 2 martida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi majlislar zalida «Tadbirkor va fermer ayollar» forumi tashkil etildi.

 Forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad jamiyatimizda Xotin-qizlarning o‘rnini mustahkamlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorlik, fermerlik va xunarmandchilik faoliyati bilan shug‘illanayotgan ayollar va kollej bitiruvchi qizlar faoliyatini qo‘llab-ko‘vvatlash borasida amalga oshirilib kelinayotgan ishlar natijasida katta zafarlarga erishgan xotin-qizlar tajribasini o‘sib kelayotgan yosh qizlarga ibrat sifatida ko‘rsatish, shuningdek tadbirkor, fermer va xunarmandlarning forum davomida o‘zaro muloqotlarini o‘rnatish va tajriba almashishga imkoniyat yaratib berishdan va albatta 8 mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami bilan barcha xotin-qizlarni tabriklashdan iborat.

 Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, «Tadbirkor ayol» uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, «Xunarmand» uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fermerlar Kengashi, Davlat Soliq boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasы Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosh boshqarmasi mutaxassislari,  tadbirkor, fermer va xunarmand xotin-qizlar, kasb-xunar kollej bitiruvchi qizlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Ibragimova ochib berdi va boshqarib bordi. U o‘z so‘zida davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga katta etibor qaratilayotgani, fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida tashabbuskor ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi roli va mavqeini yanada oshirish, ona va bola salomatligini muhofaza etish, millat genafondini saqlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilayotgani haqida aytib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining maqsad va vazifalari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan biznes reja tuzish, biznesni yuritish, kredit olish tartibi, buxgalteriya ishini yuritish, marketing, menedjment, ishlab chiqarish kabi mavzularda tashkil etilayotgan o‘quv-seminarlar natijasida tadbirkor xotin-qizlarning tadbirkorlik sohasida tajribasining ortayotganligi, bu o‘z navbatida biznesining rivojlantirishiga katta zamin yaratayotganligi, Boshqarma va uning tumanlardagi Axborot maslahat markazlari, Biznes markazlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari, soliq sohasidagi davlat imtiyozlari, kredit olish tartiblari to‘g‘risida va boshqa mavzularda 2015 yilda 2116 ta kollej bitiruvchilarga bepul konsultatsiyalar berilganligi aytib o‘tildi.  Shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkaziladigan «Tashabbus» ko‘rik tanlovining har yilgi ishtirokchilarining 35-40% xotin-qizlar tashkil etishi, ularni tanlov doirasida munosib taqdirlash maqsadida «Eng yaxshi tadbirkor ayol», «Eng yaxshi xunarmand ayol», «Eng yaxshi fermer ayol» nominatsiyalari joriy etilganligi, bu esa o‘z navbatida tadbirkor ayollarning faoliyatida katta stimul bo‘lib, natijada tadbirkor ayollar mahalliy va chet ellarda tashkil etilayotgan ko‘rgazma va yarmarkalarda, kooperatsion birjalarda ishtirok etib, yangidan-yangi uskunalarni sotib olishga va bozorlarimizni o‘zimizda ishlab chiqarilaayotgan, import o‘rnini bosuvchi yangi va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlab kelayotggani ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi, «Tadbirkor ayol» uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, «Xunarmand» uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fermerlar Kengashi tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan tadbirlar haqida, davlatimizda tadbirkorlikni, fermerlik va xunarmandchilikni rivojlantirish borasida tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar, soliq sohasida berilayotgan imtiyozlar haqida atroflicha ma’lumotlar berilib, forum o‘zaro muloqatlar bilan davom etti va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.

Forum doirasida tadbirkor, fermer va xunarmand Xotin-qizlarning mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

04.03.2016

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06