29.11.20

Konsultativ va moliyaviy qoʼllab-quvvatlash yoʼli bilan kichik korxonalarga koʼmaklashish dasturi o’z faoliyatini boshladi

23.11.20

2021 yil 1 apreldan qanday imtiyozlar bekor qilinadi

19.11.20

Nukusda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari va yoshlar o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

18.11.20

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

17.11.20

O‘zbekiston-Eron palatalari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

«Doing business»: O'zbekistonning maqsadi – 2022 yilga kelib 20-o'rinni egallash.

Hujjatda ijobiy dinamika keltirilgan: oxirgi 5 yil davomida «Biznes yuritish» reytingida O'zbekiston jahonning 190 ta mamlakati orasida 146-o'rindan 76-o'ringa (ya'ni 70 ta pozitsiyaga, tahr.) ko'tarilgan. Biroq qurilishga ruxsatnomalar olishda, mulkni ro'yxatdan o'tkazishda va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha byurokratik tartib-taomillar hanuzgacha saqlanib qolmoqda.

2022 yilga kelib respublikaning «Biznes yuritish» reytingida 20-o'ringa erishishi vazifasi qo'yilgan. Ishlarning hozirgi ahvoli sharhi – bu yerda. Boshqacha aytganda, mamlakatimiz kelgusi 3 yil ichida yana 56 ta pozitsiyaga ilgarilashi kerak.

Qaror bilan tasdiqlangan «Yo'l xaritasi» (mazkur sharh berilgan paytda e'lon qilinmagan, tahr.) doirasida ushbu maqsadga erishish bo'yicha kompleks ishlar olib boriladi. Chora-tadbirlar rejasi Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlari ishtirokida ishlab chiqilgan. Eslatib o'tamiz, o'tgan yili shunga o'xshash hujjat qabul qilingan edi (13.07.2018 yildagi PQ–3852-son qarorga 1-ilovaga qarang).  

«Yo'l xaritasi» amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va maqsadli ko'rsatkichlarga erishish Prezident maslahatchisining birinchi o'rinbosari zimmasiga yuklatildi. Eslatib o'tamiz, yanvar oyida O'zbekistonning indeksdagi o'rnini yaxshilash uchun mas'ul organ etib LBMA, indikatorlar kesimida esa soha vazirliklari va idoralari belgilangan edi (batafsil qarang). 

Biznes hamjamiyati bilan ochiq-oshkora muloqot qilishni ta'minlash mexanizmlari nazarda tutilgan. 2019 yil 1 aprelgacha Internetda «O'zbekistonda biznes yuritish» sayti ochiladi. U yerda hisobot so'rovnomalari asosida batafsil axborot olish, shuningdek qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar berish mumkin bo'ladi.

Hujjat bilan mamlakatimizda biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilashga yo'naltirilgan qator yangiliklar ham nazarda tutilgan, ular 2019 yil 1 martdan qo'llanila boshlaydi. Ular haqida yanada batafsil – bu yerda.

07.02.2019

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06