27.09.21

Qarshi shahrida “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi o‘tkazildi

27.09.21

Toshkent shahrining bir qator tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

27.09.21

Samarqandda tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi

27.09.21

Navoi viloyatida "Yoshlar:1+1" loyihasining navbatdagi bitiruvchilariga sertifikatlarni topshirdi

27.09.21

Chirchiq shahrida “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoyili asosida tashkil qilingan o‘quv kurslari davom etmoqda.

22.09.21 - 24.06.21

Qurilish

22.09.21 - 24.09.21

Qurilish texnikasi va texnologiyalari

22.09.21 - 24.09.21

Isitish, shamollatish va suv ta'minoti

8.09.21 - 10.09.21

Plastmassa sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O'zbekiston-Malayziya biznes-forumi va kooperatsiya birjasi tashkil etildi.

2018 yil 1 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasining Kuala-Lumpurdagi elchixonasi hamda O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Malayziyaning  “MATRADE” Tashqi savdoni rivojlantirish korxonasi bilan hamkorlikda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o'rtasida O'zbekiston-Malayziya biznes-forumi va kooperatsiya birjasi (B2B) tashkil etildi.
Tadbirni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad ikki davlat tadbirkorlari o'rtasida savdo aloqalari yo'lga qo'yilishi va kengayishini qo'llab-quvvatlash, xususan, Malayziyaga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishni va istiqbolli sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

Tadbirda ikki mamlakatning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, qator vazirlik va idoralar, shuningdek, 12 ta Malayziya va 70 dan ortiq O'zbekiston kompaniyalari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida delagatsiya vakillariga mamlakatimizda biznesni yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, keng ko'lamli iqtisodiy islohotlar (pul-kredit siyosati), erkin iqtisodiy zonalar, hamda mamlakatning va ayrim hududlarning savdo-iqtisodiy salohiyati, jumladan, Xorazm viloyatining “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining savdo-iqtisodiy salohiyati bilan tanishtirildi.

Uchrashuv chog'ida ikki davlat tadbirkorlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha masalalar muhokama qilindi.
Biznes-forum davomida Malayziya delegatsiya vakillari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirzieyov tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ulkan isloxotlari hamda mamlakatimizda investorlar va tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar va imtiyozlarni yuqori baxolab, bugungi biznes-forum O'zbekiston va Malayziya ishbilarmon doira vakillari uchun o'zaro tajriba almashish imkoniyati berishini ta'kidlab o'tdilar.
Tadbir davomida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov biznes-forum ishtirokchilarga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan yangi sarmoyaviy imkoniyatlar hamda mamlakatlarimiz o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning keng istiqbollari haqida to'xtalib o'tdi.

Rais o'rinbosari J.Uravkov O'zbekiston va Malayziya o'rtasidagi savdo va investitsion imkoniyatlarini namoyish etuvchi taqdimoti orqali ishtirokchilarga ma'lumot berdi. Jumladan, O'zSSP faoliyati, mamlakatimizda tadbirkorlik sohasining rivojlanishi haqida, neft-gaz, kimyo, mineral resurslar, tekstil, sanoat, avtomobil, farmatsevtika, oziq-ovqat, qurilish, hunarmandchilik va turizm sohalarida mavjud iqtisodiy salohiyatlar haqida to'xtalib o'tdi.

Qayd etish kerakki, 2018 yilning yanvar-sentyabr oyining natijalariga ko'ra ikki mamlakatning mahsulotlarning eksport hajmi - 271,4% (5,7 mln. doll.) AQSH dollarga oshgani, o'tgan yilga solishtirganda (2,1 mln. doll.) oshgan. 
Bugungi kunda O'zbekistonda Malayziya kapitali ishtirokidagi 16 ta korxona faoliyat yuritmoqda (13 ta qo'shma korxona va 3 ta 100% Malayziya kapitaliga ega korxona). 

Biznes-forum yakunida Malayziya ishbilarmon doiralarining 2019 yilning birinchi yarmida MATRADE boshchiligida O'zbekistonga bo'lajak ishbilarmon doiralarini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

O'z SSP Matbuot hizmati
 

01.11.2018

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06