16.08.22

Malayziya bilan savdo iqtisodiy aloqalar kengaymoqda

15.08.22

Turizm va mehmondoʼstlik sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv

11.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

11.08.22

Geologiya, togʼ-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati masalalari qoʼmitasi yigʼilishi

5.08.22

Alibaba.com platformasida respublikamiz eksportyorlari uchun onlayn vebinar o`tkazildi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Hurmatli tadbirkorlar!

Tashqi savdo vazirligi eksportyor korxonalar o’rtasida so’rovnoma o’tkazmoqda

O’zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan eksport bilan shug’ullanuvchi va eksport boshlashni rejalashtirayotgan korxonalar uchun so’rovnoma ishlab chiqildi. Maqsad – mahalliy eksportyor korxonalarga metodologik va amaliy yordam ko’rsatishni yanada takomillashtirish.

So’rovnoma yordamida eksport uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari va eksportni amalga oshirish davomidagi qiyinchiliklar, muammolar haqida ma’lumotlar yig’iladi. Shuningdek, so’rovnoma ishtirokchilari ular eksportni yo’lga qo’ymoqchi bo’lgan mamlakatlar nomlari hamda eksport geografiyasi va hajmini kengaytirish uchun ularga qanday ma’lumotlar kerak ekanligini taklif sifatida kiritish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, vazirlik tomonidan eksportyorlar uchun axborot ko’magini yaxshilash bo’yicha takliflar qabul qilinadi.

So’rovnomada 2018-yil 15-noyabrga qadar vazirlikning rasmiy sayti – www.mft.uz “Marketing” bo’limidagi havola orqali ishtirok etish mumkin (to’g’ridan-to’g’ri quyidagi havolalar orqali o’tish mumkin: o’zbek tilida - https://mft.uz/uz/menu/ozbek-eksportchilariga-sorovnoma; rus tilida -  https://mft.uz/ru/menu/ozbek-eksportchilariga-sorovnoma).

So’rovnoma natijalariga ko’ra, barcha ma’lumotlarni tahlil qilish orqali vazirlik tomonidan konstruktiv muhokamalar o’tkaziladi va eksporterlarni metodologik tomondan qo’llab-quvvatlash maqsadida eng dolzarb masalalar bo’yicha tegishli tahliliy materiallar tayyorlanadi.

Tashqi savdo vazirligi barcha tadbirkorlar va korxonalar vakillarini ushbu so’rovnomada ishtirok etishga taklif qiladi.

 

O'z SSP Axborot hizmati  

25.10.2018

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06