18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

18.10.21

Nurafshon shahrida kichik sanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati oʼrganildi.

15.10.21

Vengriya bilan axborot texnologiyalari, innovatsiya va klaster yoʼnalishida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Savdo-sanoat palatasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash yuzasidan Jamoatchilik ekspertizasi o'tkazuvchi vakolatli organdir

Savdo-sanoat palatasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2017 yil 19 iyundagi 5087-sonli Farmonining 5-bandiga asosan me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholashda vakolatli organ hisoblanadi.

Palata tomonidan ushbu vakolatni amalga oshirish maqsadida Jamoatchilik ekspertizalari o'tkazib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o'zida 492 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari Ekspertlar kengashlari tomonidan ko'rib chiqilib, ulardan 225 tasiga salbiy Xulosalar berildi.

Misol uchun, Soliq qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Ko'chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo'yish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori loyihasi bo'yicha jamoatchilik ekspertizasi o'tkazilib, ushbu loyiha yuzasidan quyidagi tavsiyalarni o'z ichiga olgan Jamoatchilik ekspertizasi Xulosasi berildi:

Ushbu loyiha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25-maydagi “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3741-sonli Qarori 2-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Mazkur bandga ko'ra, “2019 yil 1-yanvardan boshlab ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo'yish tartibini o'rnatish orqali ko'chmas mulkni ijaraga berish va tekin foydalanish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash bo'yicha talab bekor qilinsin”, - deb belgilangan.

Ammo, loyihaning 2-bandida “Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi”, - deb belgilangan.

Ushbu qarama-qarshilikning oldini olish maqsadida loyiha ilovasining 2-bandini quyidagi tahrirda bayon etish tavsiya etiladi:


Loyiha ilovasining 9-band yettinchi xatboshisiga ko'ra, mulk huquqi asosida fuqarlarga tegishli bo'lgan ko'chmas mulk ijaraga berilishida ijara shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo'yishda Davlat xizmati markazi “Xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ijaraga berilganda, O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining hududiy boshqarmalari (Toshkent shahrida – “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma'lumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasi) tomonidan berilgan xususiylashtirishda rozilik bergan shaxslar haqidagi ma'lumotnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi) va ularning yozma roziligi”ni talab qilishi belgilangan.
Ammo, ushbu normada ortiqcha hujjatlarni talab qilish nazarda tutilgan. Mulk xususiylashtirib bo'lingandan keyin uni ijaraga berishda xususiylashtirishda rozilik bergan shaxslar haqida ma'lumot va ularning yozma rozilik berishi zaruriy shart emas.

Shuningdek, bunday normaning o'rnatilishi amaliyotda poraxo'rlik kabi salbiy holatlarga sharoit yaratishi mumkin.

Shu sababli, loyiha ilovasining 9-band yettinchi xatboshisini chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

Loyiha ilovasining 10-bandiga ko'ra, “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko'chmas mulklarni ijaraga bergan fuqarolarni qo'shimcha aniqlashda kommunal xizmat ko'rsatish (elektr, gaz va suv ta'minoti) korxonalari tomonidan taqdim etilgan elektron ma'lumotlardan foydalanadi.
Ya'ni, bir shaxsning nomida bittadan ortiq ko'chmas mulk bo'lgan taqdirda, o'z ehtiyoji uchun foydalanayotgan bitta ob'ektidan tashqari ob'ektlarda bir vaqtda elektr energiyasi, gaz va suv sarfi asosida ularni ko'chmas mulkni ijaraga berishdan daromad olayotgan deb e'tirof etilib, belgilangan tartibda daromad solig'ini hisoblaydi va to'lov xabarnomasini fuqaroning shaxsiy kabinetiga yuboradi”, - deb belgilangan.

Ushbu norma amaliyotda turlicha talqin qilinishi va buning oqibatida salbiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin. Chunki, bir shaxsning nomida bir qancha ko'chmas mulk bo'lishi, bulardan u o'z ehtiyoji yoki yaqin qarindoshlari ehtiyojlari uchun foydalanishi, kommunal xizmatlardan foydalanishi mumkin. Mazkur norma esa bunday holatlarda ham ko'chmas mulkni ijaraga berishdan daromad olayotgan deb e'tirof etilib, belgilangan tartibda daromad solig'ini hisoblashga sabab bo'ladi.

Bu esa, asossiz soliq qarzdorligini vujudga keltirib, shaxslarni moliyaviy qiyin ahvolga tushirib qo'yishi, natijada ularga sanksiyalar qo'llanilishi va bu ularning mol-mulkiga daxl qilishigacha bo'lgan salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bundan tashqari, asosli ma'lumotlarga ega bo'lmay turib, taxminlarga asoslangan holda, soliq solinishi yuridik nuqtai nazaridan mumkin emas.

Bu bilan mazkur norma shaxslarning mulkka bo'lgan konstitutsiyaviy huquqlarini cheklash bilan birga, ularga asossiz soliq solinishiga sabab bo'ladi.

Shu bois, loyiha ilovasining 10-bandini chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

Loyiha ilovasining 11-band oltinchi xatboshisiga ko'ra, yuridik shaxslarga tegishli bo'lgan ko'chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo'yishda, qo'shimcha ravishda “topshirish va qabul qilish dalolatnomasi (agar shartnomani imzolashdan avval ijara ob'ekti topshirilgan bo'lsa)” taqdim etilishi belgilangan.
Bu norma orqali yuridik shaxslardan qo'shimcha va keraksiz hujjatlarni talab qilish nazarda tutilgan.

Shartnomani imzolashdan avval ijara ob'ekti topshirilgan bo'lib, lekin topshirish va qabul qilish dalolatnomasi ma'lum sabablarga ko'ra tuzilmay qolgan holatlarda ushbu masala yuzasidan muammolar kelib chiqishi, bu tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida to'siq bo'lishi mumkin.

Shu sababli, loyiha ilovasining 11-band oltinchi xatboshisini chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

Loyiha ilovasining 15-band ikkinchi xatboshisiga ko'ra, “Agar ko'chmas mulkdan tekin foydalanishning muddati shartnomada belgilanmagan bo'lsa, shartnoma nomuyyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda, taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, ko'chmas mulkdan tekin foydalanishda esa – uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulkdan tekin foydalanish shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qo'yilishi mumkin”, - deb belgilangan.
Mazkur norma aniq ifodalanmagan.

Xususan, ushbu normada ko'chmas mulkdan tekin foydalanish va u bilan bog'liq masalalar nazarda tutilgan. Lekin shartnoma nomuayyan muddatga tuzilib, unda taraflardan biri boshqasini oldindan ogohlantirishida ikki xil muddat belgilangan.

Bu esa, amaliyotda tushunmovchiliklarga olib keladi.

Shuningdek, Fuqarolik kodeksi 540-moddasi 2-qismiga ko'ra, “Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan bo'lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, ko'chmas mulk ijarasida esa - uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin”, - deb aniq belgilangan.

Ko'rinib turibdiki, loyihada Fuqarolik kodeksi mazkur moddasining talablari to'liq qaytarilgan.

Bundan tashqari, mazkur loyiha Davlat soliq qo'mitasi va Moliya vazirligining qo'shma qarori, ya'ni idoraviy hujjat bo'lganligi sababli unda qonuniy qoidalarga mos bo'lgan tartiblarni belgilash noto'g'ridir.

“Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi qonunning 12-modda2-qismiga ko'ra, “Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi”, - deb belgilangan.

Ammo, loyihaning yuqoridagi bandiga “Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulkdan tekin foydalanish shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qo'yilishi mumkin”, degan jumlani kiritish orqali qonuniy norma o'rnatishga harakat qilingan. Bu esa, qonunchilik talablariga ziddir.

Shu bois, loyiha ilovasining 15-band ikkinchi xatboshisini chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

Ushbu Xulosani berishda, eng avvalo, loyihadan fuqarolar va yuridik shaxslardan ortiqcha hujjatlarni talab qilish bilan bog'liq bo'lgan, amaliyotda poraxo'rlik kabi salbiy holatlarga sharoit yaratadigan, shaxslarning mulkka bo'lgan konstitutsiyaviy huquqlarini cheklash bilan birga, ularga asossiz soliq solinishiga sabab bo'ladigan normalarni chiqarib tashlash, qonunchilikdagi nomuvofiqliklar va takrorlanishlarga yo'l qo'ymaslik nazarda tutildi.

Bu borada faoliyat davom etmoqda.

 

O'z SSP Matbuot xizmati 

 

20.08.2018

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06