18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

18.10.21

Nurafshon shahrida kichik sanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati oʼrganildi.

15.10.21

Vengriya bilan axborot texnologiyalari, innovatsiya va klaster yoʼnalishida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

“HAKAMLIK SUDLARI FAOLIYATINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI"

O'zbekiston  Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy  boshqarmasi tomonidan joriy yilning 8 may kuni Qarshi shahrida “Hakamlik sudlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusida “davra suhbati” o'tkazildi.

“Davra suhbati”da O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning  Qashqadaryo viloyat  hududiy boshqarmasi xodimlari, Hakamlik sudi sudyalari, Qashqadaryo viloyat Iqtisodiy sudi va Adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari rahbarlari, tijorat banklari va aksiyadorlik jamiyati yuridik xizmati xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Unda ishtirokchilar tomonidan Hakamlik sudlari faoliyatining huquqiy asoslari va uni takomillashtirish, hakamlik muhokamasining afzalliklari, Hakamlik sudlariga murojaat qilish tartibi va bu borada tadbirkorlik sub'ektlari faolligini oshirish kabi masalalar, shuningdek Qashqadaryo viloyat hududiy  boshqarmasi huzuridagi Hakamlik sudi faoliyatida yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar sabablari muhokama qilindi.

“Davra suhbati” ishtirokchilari ta'kidlanganidek, mamlakatimizda hakamlik sudlarini tashkil qilish va faoliyatining huquqiy asoslari yaratilgan, ularni nizolarni muqobil hal etishda asosiy nodavlat organ sifatidagi faoliyat ko'lamini yildan yilga kengayib bormoqda. Bunga sabab Hakamlik sudi o'z faoliyatini qonuniylik, mustaqillik, hakamlik muhokamasi ma'lumotlarining oshkor qilinmasligi, hakamlik sudyalarining xolisligi, dispozitivlik, hakamlik muhokamasi taraflarining tortishuvi va teng huquqliligi kabi pritsiplariga rioya qilgan holda amalga oshirishidadir.

Hakamlik sudi quyidagi afzalliklarga ega: tejamkorlik; nizoni tezkorlik bilan ko'rib chiqish; hakamlik sudyalarini mustaqil tanlash va nizoni hal qilish tartib-taomilini mustaqil belgilash imkoniyati mavjudligi; kelishuv bitimiga erishish va hamkorlik munosabatlarini saqlab qolishga sharoit yaratish; hakamlik muhokamasi ma'lumotlarining oshkor qilinmasligi;  hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish mexanizmi mavjudligi.

O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudining raisi Foziljon Otaxonov o'z ma'ruzasida quyidagi raqamlarga e'tibor qaratdi: Palata va uning hududiy boshqarmalari huzurida tashkil qilingan 15 ta Hakamlik sudlari tomonidan 2017 yilda 2465 ta ishlar ko'rilgan bo'lib, da'vo summasi 114,2 mlrd. so'm, 5,4 mln AQSH dollarini tashkil qilgan. 2018 yilning 1 choragida esa da'vo summasi 104,1 mlrd. so'm, 1,4 mln AQSH dollar bo'lgan 834 ta ish ko'rib chiqilgan, bu o'tgan yilning birinchi choragida ko'rilgan ishlar soniga nisbatan 408 taga ko'pdir. Ammo Palataning Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi Hakamlik sudi tomonidan 2017 yil 1 choragida 37 ta ish ko'rilgan bo'lsada, joriy yilning birinchi choragida birorta ham ish ko'rilmagan. Ushbu masala tadbir ishtirokchilari tomonidan qizg'in muhokama qilindi va ular bunga asosiy sabab sifatida quyidagilarni keltirdilar:

Hakamlik sudlari fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismi sifatida rivojlantirilishi lozimligini targ'ibot va tashviqot qilishga avvalo hakamlik sudlarini tashkil qilgan yuridik shaxslar, qolaversa ayrim davlat organlari, ommaviy axborot vositalari  yetarli darajada e'tibor bermayotganligi;

vakolatli  sudlar, ayniqsa fuqarolik  ishlari bo'yicha sudyalarning  Hakamlik sudining hal qiluv qarorlari bilan bog'liq ishlarni ko'rish bo'yicha malakasini tizimli oshirish maqsadga muvofiqligi;

tadbirkorlik sub'ektlarining  Hakamlik sudlariga murojaat qilishdagi afzalliklardan bexabarligi yoki e'tiborsizligi;

tijorat  banklarining  faqat o'z manfaatlarini o'ylab  iqtisodiy nizolarni, davlat bojini to'lashdagi imtiyozidan foydalanib yoki Savdo-sanoat palatasi orqali davlat bojini oldindan to'lamasdan sudlarga da'vo arizalari kiritayotganligi va bunday harakatlari bilan o'z mijozlariga  ortiqcha xarajatlar yuklayotganligi;

Hakamlik sudlari moddiy-texnika ta'minoti va mas'ul kotiblari ish haqlari uchun hakamlik yig'imi yetarli emasligi, hakamlik muhokamasining maxfiyligini ta'minlaydigan alohida sud majlisi zali ko'pchilik hududiy boshqarmalarda mavjud emasligi.

Davra suhbati ishtirokchilarining fikr-mulohazalari umumlashtirilib, Hakamlik sudlari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha quyidagi takliflar kiritildi:

Hakamlik sudlarining faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va lokal hujjatlarni takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan takliflarni tayyorlash;

ommaviy axborot vositalarida Hakamlik sudlari faoliyatini keng yoritish, xususan huquqiy jurnallar va gazetalarda “hakamlik muhokamasi” rubrikasini doimiy ravishda ochish, maxsus teleko'rsatuvlar va radio eshittirishlar tashkil qilish;

Hakamlik sudlari amaliyotini umumlashtirish asosida fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hakamlik muhokamasida ko'rib chiqish bo'yicha tavsiyalar tayyorlash va to'plam chop etish;

Hakamlik sudlarining vakolatli sudlar bilan o'zaro aloqalarining huquqiy asoslarini yaratish va Hakamlik sudi hal qiluv qarorlari bilan bog'liq ishlarni ko'rish natijalari bo'yicha tizimli ravishda axborot almashinuvini yo'lga qo'yish;

Hakamlik sudi (hal qiluv qarori, ajrim, xabarnoma va boshqalar) va hakamlik muhokamasi taraflarining (hakamlik bitimi, da'vo arizasi, ariza, iltimosnoma va boshqalar) huquqiy hujjatlari bazasini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish;

 hakamlik sudyalarining malakasini oshirish va hakamlik sudyaligiga nomzodlarni qayta tayyorlashni tizimli yo'lga qo'yish;

Hakamlik sudlari faoliyati va hakamlik muhokamasi masalalari bo'yicha tizimli ravishda o'quv treninglar, seminar va davra suhbatlari tashkil etish hamda bunga grant mablag'larini ko'proq jalb qilish.

10.05.2018

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06