18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

18.10.21

Nurafshon shahrida kichik sanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati oʼrganildi.

15.10.21

Vengriya bilan axborot texnologiyalari, innovatsiya va klaster yoʼnalishida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Namanganda navbatdagi «MENEJMENT ASOSLARI» mavzusida o'quv kursi o'tkazildi.

Namanganda biznes egalari va rahbarlari,  boshqaruvchilari (top menedjerlari), shuningdek, o'z biznesini boshlash istagida bo'lgan shaxslarning biznesni muvaffaqiyatli boshqarishni soddalashtirish borasida bilimlarini oshirish maqsadida «MENEJMENT ASOSLARI» mavzusida o'quv kursi o'tkazildi.

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Buesiness monitoring group va Autor coochig group tomonidan tashkil etilgan "Menedjment asoslari" mavzusidagi seminar 5 may kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyat hududuiy boshqarmasi xuzuridagi “Zamonaviy kelajak ta’lim” nodavlat ta'lim muassasasida tashkil etildi.

Mazkur o'quv mashg'ulotida Namangan, Farg'ona va Andijon viloyatlarida faoliyat ko'rsatuvchi kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub'ektlarining rahbarlari va boshqaruvchilari (top menedjerlar), biznesni rivojlantirishga ko'maklashuvchi tashkilotlarining vakillari, ta'lim muassasalarining bitiruvchilari hamda o'qituvchilari, shuningdek o'z biznesini boshlash istagida bo'lgan yoshlar ishtirok etdilar.

O'quv seminar davomida malakali trener Bahodir Fozilxo'jaev ishtirokchilarga tadbirning asosiy maqsadi bo'lgan - biznesni muvoffaqiyatli boshqarish degan murakkab ishni soddalashtirish, tashkilotlarni boshqaruv tizimlari va funksiyalari, boshqaruv rejalarining maqsad va  mezonlari, jamoani shakllantirish va uni muvoffaqiyati asoslari, innovatsion yetakchilik hamda Human resources management va insoniy kapitalni rivojlantirish borasidagi chuqur va tajribaga asoslangan bilimini ushbu o'quv seminar ishtirokchilari bilan bo'lishdi. 

 “Mazkur seminarda ishtirok etganimdan xursandman,  - deydi Namangan shahrida faoliyat ko'satuvchi tadbirkor Abduaxad Abduhamidov. Seminargacha men o'z biznesini qanday boshqarish lozimligi va unda vaqtni boshqarish bo'yicha o'z bilganimcha ish ko'rar edim. Bugungi seminarda olgan bilimlarimni o'z faoliyatimga joriy qilish natijasida menda boshqa ishlarimni ham amalga oshirishimga vaqt qolishini tushundim”.

Seminarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga har tomonlama javoblar berish barobarida, ishtirokchilarga o'zida 100 dan ziyod iqtisodiy va huquqiy adabiyotlar hamda meyyoriy-huquqiy hujjatlarni jamlagan disklar taqdim etildi.
O'quv mashg'uloti yakunida ishtirokchilariga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.
 

07.05.2018

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06