18.01.21

Innovatsion texnologiyalarni mahalliylashtirish va hayotga tatbiq etish

29.12.20

Savdo–sanoat palatasi tomonidan “sirli mijoz” tadbirlari oʼtkazildi

28.12.20

Yangi yilga yangi imkoniyatlar bilan

21.12.20

Xiva shahrida o‘quv-seminar tashkil etildi

18.12.20

Savdo-sanoat palatasining yuridik xizmati xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Prezident qarori bilan ipak qurti boqishga mo'ljallangan inshootlar soliqlardan ozod etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pillachilik tarmog'ini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori (PQ–3616, 20.03.2018 y.) qabul qilindi. 

Hujjat bilan Qishloq xo'jaligi vazirligi tizimidagi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti “O'zbekipaksanoat” uyushmasi muassisligida muassasa shaklida qayta tashkil etilib, uning moliyalashtirish manbalari belgilab berildi.

“O'zpaxtasanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarga qarashli ipak qurti boqishga mo'ljallangan inshootlar “O'zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga tekin foydalanish huquqi asosida o'ttiz yildan kam bo'lmagan muddatga foydalanish uchun berildi.
Tutzor maydonlarida yangi quriladigan va ipak qurti boqishga mo'ljallangan inshootlar yer solig'i, mulk solig'i, yagona yer solig'i hamda qishloq xo'jaligi va o'rmon xo'jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o'rnini qoplash bo'yicha to'lovlardan;

“O'zpaxtasanoat” AJ tomonidan tekin foydalanish huquqi asosida “O'zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga foydalanish uchun berilgan ipak qurti boqishga mo'ljallangan inshootlar yer, mulk va ijarachining ijara haqi hisoblanadigan foyda solig'idan ozod etildi. 

Qaror bilan shuningdek yangi tut plantatsiyalarini barpo etish parametrlari tasdiqlandi.
Xususan, hozirda mavjud 43 332 gektar tut plantatsiyasiga qo'shimcha ravishda joriy yil davomida yana 6 430 gektar maydonda yangi tut plantatsiyalari barpo etiladi va 306 ta ipak qurti boqishga mo'ljallangan inshootlar quriladi

26.03.2018

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06