18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

18.10.21

Nurafshon shahrida kichik sanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati oʼrganildi.

15.10.21

Vengriya bilan axborot texnologiyalari, innovatsiya va klaster yoʼnalishida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Eksport faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari muxokama etildi.

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo'llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3077-sonli 2017 yil 21 iyundagi hamda “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-3377-sonli 2017 yil 6 noyabrdagi qarorlarining ijrosini ta'minlash hamda respublikamizda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yanada kengaytirish maqsadida “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishning imkoniyatlari hamda eksport faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari” mavzusida  mahalliy eksporter korxonalar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida meva-sabzvot yetishtirishga ixtisoslashgan xo'jaliklar, fermer xo'jaliklari, agrofirmalar, savdo kompaniyalari hamda mevani qayta ishlash korxonalari ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirda Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkilotining Toshkent shahridagi vakolatxonasi tomonidan «Markaziy Osiyo davlatlari uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilishning istiqbolli bozorlari” mavzusida, “O'zstandart” Agentligi tomonidan «Respublikamizdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport salohiyatini oshirishda ISO 22000 va Global GAP xalqaro standartlarini joriy etish borasida amalga oshiriladigan ishlar” mavzusida, “O'zbekekspertiza” AJ tomonidan «Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda mahsulotni kelib chiqish sertifikatini rasmiylashtirish tartibi” mavzusida, O'simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda fito-sanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirish masalalari” mavzusida hamda Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan «Respublkamizdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda bojxona qonunchiligiga kiritilgan yangiliklar» mavzusida taqdimot va ma'ruzalar o'tkazildi.

Tadbir davomida respublikamizdan meva-sabzavot mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi, Osiyo mintaqasi va Arab davlatlariga eksport qilishdagi mavjud imkonichtlar, xorijiy davlatlarda meva-sabzavot mahsulotlariga qo'yiladigan fito-sanitariya talablari, oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha xalqaro standartlar hamda xorijiy bozorlarga kirishning imkoniyatlari to'g'risida eksporter korxonalarga aniq tavsiyalar berildi.

Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda ISO 22000 va Global GAP xalqaro standartlarini joriy etish masalalari ham yoritib berildi. Davra suhbatida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarga respublikamizda mahsulotni kelib chiqish sertifikatini rasmiylashtirish tartibi to'g'risida ham batafsil ma'lumot berib o'tildi.

Yig'ilish davomida bojxona qonunchiligida amalga oshirilgan o'zgartish va qo'shimchalar hamda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda yaratilgan qulay shart-sharoitlar to'g'risida ma'lumot berildi.

Tadbir davomida eksporter korxonalar tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda mahsulotlarni xarid qilish uchun kredit mablag'lari ajratilish, transport va logistika masalalarida xizmatlarning talab darajasida emasligi, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda xorijiy hamkorlar bilan oldindan to'lovlarsiz mahsulotlarni yetkazib berish masalasini kiritish hamda qishloq xo'jaligi korxonalari va fermer xo'jaliklaridan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilishda naqd pul mablag'larini ajratilishi borasidagi muammolar to'g'risida savollar bilan murojaat qildilar.

O'tkazilgan yig'ilish davomida fikr-mulohazalar almashish natijasida Palata tomonidan tadbirkorlarning bildirgan taklif va fikr-mulohazalarini e'tiborga olgan holad tegishli vazirlik va idoralarga amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritilishiga kelishib olindi.

O'zSSP Axborot xizmati

16.03.2018

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06