18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

18.10.21

Nurafshon shahrida kichik sanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati oʼrganildi.

15.10.21

Vengriya bilan axborot texnologiyalari, innovatsiya va klaster yoʼnalishida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Palatada sanoat sohasidagi ekspertlar kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi

Sanoat sohasida tashkil etilgan ekspertlar kengashining dastlabki yig‘ilishi joriy yilning 25 avgust kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi katta majlislar zalida o‘tkazildi.

    

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 iyundagi PF-5087-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tartibga solishda sohalar bo‘yicha ekspertlar kengashlari tashkil etildi.

Ekspertlar kengashi rais o‘rinbosari J.Urakov boshchiligida o‘tkazildi. 

Unda tegishli vazirlik va idoralar vakillari, respublikadagi gaz to‘ldirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar tomonidan kun tartibiga Kengashning 2017 yil uchun rejalari hamda energetika sohasidagi masalalarni ko‘rib chiqilib, shuningdek tadbirkorlikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan va cheklayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi, ularni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflar ishlab chiqildi hamda Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarga taqdim etiladi.

    

Yig‘ilish davomida, avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining davlat, mahalliy va tarmoq dasturlarida ishtirokini rag‘batlantirish, ortiqcha laboratoriya tekshirishlari o‘tkazilishi va  boshqa rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni o‘rganish bo‘yicha ekspertlar xulosalarini tayyorlab chiqildi.

Muzokaralar markazida o‘z faoliyatlarini kengaytirish, investitsiya kiritish va yangi qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha hukumat dasturlariga kiritilgan loyihalarini o‘z hisobidan moliyalashtirgan summasi ushbu tadbirkorlik sub’ektining “maxsus investitsiya ustamasi” hisobiga o‘tkazgan summasidan chegirib qolinishi, “maxsus investitsiya ustamasi”ining soliq va bank komissiya to‘lovlarining xisoblanishi va undirilishi, “Uzstandart” agentligidan  akkreditatsiyadan o‘tgan tashkilotlar tomonidan agentlik talabi bilan har oyda gazning namlilik darajasi va jipsliligi bo‘yicha laboratoriya analizi o‘tkazilishining maqsadga muvofiqligi kabi mavzularda qizg‘in muhokamalar olib borildi.

Yig‘ilish so‘ngida ekspert kengashi a’zolari tomonidan ishtirokchilar bildirgan fikr-mulohazalar, tavsiyalar, keltirilgan muammoli masalalar joyida o‘rganilib, ularning echimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi va kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

O‘zSSP axborot xizmati

25.08.2017

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06