1.12.23

Tadbirkorlar diqqatiga

1.12.23

Tadbirkorlar diqqatiga

30.11.23

Germaniya Federativ Respublikasida O‘zbekiston-Tyuringiya forumi

30.11.23

Germaniyaning Drezden shahrida O‘zbekiston-Saksoniya forumi bo‘lib o‘tdi

30.11.23

Tatariston Raisi Rustam Minnixanov O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalari rahbarlari bilan uchrashdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

16-sammit arafasida IHT ishtirokchi davlatlarining 5-biznes forumi o'tkazildi

8-noyabr kuni, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti arafasida IHT ishtrokchi davlatlarining biznes-uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv tashkilotchilari O‘zbekiston va IHT Savdo-sanoat palatalari, shuningdek, Tashkilot kotibiyati hisoblanadi.

Xalqaro iqtisodiy sheriklikni mustahkamlashda navbatdagi muhim qadam hisoblangan ushbu biznes-forum IHT a’zo-davlatlari Savdo-sanoat palatalari, vazirliklar, soha muassasalari, banklar va xususiy kompaniyalar rahbarlari hamda vakillarini to‘pladi.

Uning ishida Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya davlatlaridan 300 ziyod delegat va mamlakatimizdan 500 dan ortiq vakillar ishtirok etib, IHT doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning holati, shuningdek, uni kengaytirish istiqbollari va faollashtirish masalalarini muhokama qildi.

    

Mazkur biznes-forumni o‘tkazishdan maqsad IHT mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish, O‘zbekiston va tashkilotning a’zo-davlatlari tadbirkorlari o‘rtasida yangi aloqalar o‘rnatishdan iborat.

Xorij ishbilarmon doiralari bilan bu kabi keng va ko‘p qirrali o‘zaro aloqalar jahon hamjamiyati, biznes-doiralar va yirik sarmoyadorlarning keng miqyosli loyihalarni hayotga tatbiq etish, mamlakatimizning ulkan salohiyatidan mintaqa iqtisodiy yo‘llarining chorrahasi sifatida foydalanishdan manfaatdor ekanligidan darak beradi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va IHT hamkorlikdagi ishlar sohasida katta tajriba orttirib, bu tajriba uzoq muddatli istiqbolda samarali hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratadi. Prezident Shavkat Mirziyeev rahbarligida mamlakatimiz har tomonlama sheriklikni kengaytirishga munosib hissa qo‘shgan holda, IHT a’zo-davlatlari bilan munosabatlarni muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Forum ishtirokchilariga tabrik so‘zi bilan murojaat qilib, O‘zbekiston respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Kashif Zaman ishbilarmon doiralarning o‘zaro manfaatli sheriklikni yo‘lga qo‘yishga qat’iy bel bog‘laganliklariga yuqori baho berdi.

   

Forumning asosiy vazifalari O‘zbekiston viloyatlari va sohalarining salohiyatini namoyish etish, IHT a’zo-mamlakatlari kompaniyalarini O‘zbekistondagi yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish, O‘zbekiston va IHT a’zo-davlatlari Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida institusional aloqalarni mustahkamlashdan (shu jumladan, Ishbilarmonlik kengashlari doirasida) iborat.

Biznes-forum yakunida ishtirokchilar shu kabi tadbirlarni davom ettirish istagini bildirib, IHT a’zo-davlatlari o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlik bundan keyin ham muvaffaqiyatli rivojlanishi, bunda uzoq muddatli istiqbolga ko‘p qirrali sheriklikning yangi yo‘nalishlari belgilanishiga ishonch bildirdi.

      

Forum doirasida aralash formatda ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etilib, ular davomida yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati, savdo va boshqa sohalardagi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida keyingi amaliy ishlar belgilab olindi.

    

SSP matbuot xizmati

08.11.2023

17:19

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06