
Urganchda "Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi" bo'lib o'tmoqda
Joriy yilning 21-22-sentyabr kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida Xorazm viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi va Investitsiya va savdo vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo'lib o'tmoqda.
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko'zlangan maqsad sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Ko‘rgazmada Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 200 tadan ortiq ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda. Yarmarkaga tashrif buyurgan mehmonlar mahalliy sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalari bilan tanishish va tadbirkorlar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo'lmoqdalar.
SSP Matbuot xizmati
22.09.2023
12:11