27.01.23

Qirg‘iziston-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining ikkinchi yig‘ilishi

27.01.23

Savdo-sanoat palatasida Prezident Qarori ijrosiga oid huquqiy masalalar muhokama qilindi

26.01.23

Mo‘g‘iliston va Tojikiston delegatsiyalarining Palataga tashrifi

25.01.23

Fransiya bilan o‘zaro munosabatlar mustahkamlanmoqda

24.01.23

Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasiga qo‘shilish bo‘yicha bildirishnomalari ko‘rib chiqildi

2022 yilning 22-noyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi aʼzoligiga qo‘shilish istagini bildirgan tadbirkorlik subʼektlarining bildirishnomalari ko‘rib chiqildi.

  

Tadbirda Savdo-sanoat palatasi Raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir boshida Savdo-sanoat palatasi Raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov so‘zga chiqib, Xartiya qoidalari biznes yuritishda antikorrupsion madaniyatni shakllantirish, tadbirkorlarning huquqiy ongini va qonunga itoatkorligini oshirishga hamda korrupsiyaga nisbatan chidamsizlik va toqatsizlik muhitini yaratishga xizmat qilishini alohida taʼkidladi. Shu o‘rinda, biznes uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, Xartiyani qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad va unga qo‘shilish tartibi hamda korrupsiya xavflarining oldini olishdagi roli haqida ishtirokchilarga atroflicha tushuntirish berdi.  

Maʼlumot uchun: Xartiya - tadbirkorlik subʼektining moliyaviy faoliyatini boshqarish, shartnoma munosabatlari, kadrlarni tanlash va o‘qitish, ichki intizom va qonuniylikni mustahkamlash, davlat xaridlari kabi muhim yo‘nalishlarda korrupsiya xavflarining oldini olishga qaratilgan kompleks choralarni o‘z ichiga olgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining qo‘shma qaroriga asosan qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi aʼzoligiga qo‘shilish va yagona Ryestrni yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning Xartiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi bildirishnomalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Palata huzurida Maxsus komissiya tuzilgan. 

Tadbir yakunida maxsus komissiya tomonidan respublika bo‘yicha 47 nafar tadbirkorlik subʼektlarining Xartiyaga qo‘shilish bo‘yicha bildirishnomalari ko‘rib chiqilib, ularga Xartiyaga aʼzolik sertifikatini topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

SSP matbuot xizmati

22.11.2022

16:38

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06