27.01.23

Qirg‘iziston-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining ikkinchi yig‘ilishi

27.01.23

Savdo-sanoat palatasida Prezident Qarori ijrosiga oid huquqiy masalalar muhokama qilindi

26.01.23

Mo‘g‘iliston va Tojikiston delegatsiyalarining Palataga tashrifi

25.01.23

Fransiya bilan o‘zaro munosabatlar mustahkamlanmoqda

24.01.23

Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Ayrim statistik hisobot turlari bekor qilinadi

Prezidentning 10.11.2022 yildagi “Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan o‘rnatilgan tartibga muvofiq:

yuridik shaxslar tomonidan 2022 yil 1 yanvardan keyin hisoblangan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari hamda ular bo‘yicha hisoblangan soliq summalari to‘g‘risidagi arxiv hujjatlarini saqlash hamda davlat yoki nodavlat arxivlariga topshirish majburiyati bekor qilinadi;
yuridik shaxslar 2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat soliq xizmati va statistika organlariga elektron tarzda topshirilgan moliyaviy, soliq va statistika hisobotlarini, shuningdek, soliq organining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlarni saqlash hamda davlat yoki nodavlat arxivlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi;
2023 yil 1 yanvardan boshlab buxgalteriya hisobi subʼektlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga har chorakda taqdim etish talabi bekor qilinadi;
2023 yildan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlik subʼektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi statistik hisobotlar bekor qilinadi:

Birja faoliyati to‘g‘risida hisobot;
Mehnat sharoitlari ahvoli to‘g‘risida hisobot;
Hisoblangan ish haqi miqdori bo‘yicha xodimlar sonining taqsimlanishi to‘g‘risida hisobot;
Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti xizmatlari to‘g‘risida hisobot;
Tijorat banki faoliyati to‘g‘risida hisobot;
Sug‘urta tashkiloti faoliyati to‘g‘risida hisobot;
Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarda mavjud qurilish mashina va mexanizmlari to‘g‘risidagi hisobot;
Quvur yo‘li transporti faoliyati to‘g‘risida hisobot;
Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi to‘g‘risida hisobot.
Davlat statistika qo‘mitasiga bekor qilinayotgan statistik hisobot turlarida nazarda tutilgan statistik maʼlumotlarning statistika dasturlariga muvofiq tegishli vazirlik va idoralarning maʼmuriy maʼlumotlari asosida shakllantirilishini taʼminlash topshirildi.

2023 yil 1 maydan boshlab quyidagilarga:

tijorat banklariga – ariza beruvchini masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda, taʼsischilari O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga bank hisobvarag‘ini masofadan turib ochishga;
yuridik shaxslarga – elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv, ichimlik suv taʼminoti, oqova suv va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni, ularning isteʼmoli to‘g‘risidagi hisobotlarni va kelgusi davr uchun shartnomaviy miqdorlar to‘g‘risidagi bir martalik va davriy hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirishga ruxsat etiladi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab nodavlat arxivlarni davlat va nodavlat arxivlari ryestriga kiritish hamda hujjatlarni elektron arxivlash (saqlash) xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat arxivlarning maʼlumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olish talabi xabardor qilish tartibini joriy etish orqali bekor qilinadi.

norma.uz

16.11.2022

16:55

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06