27.01.23

Qirg‘iziston-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining ikkinchi yig‘ilishi

27.01.23

Savdo-sanoat palatasida Prezident Qarori ijrosiga oid huquqiy masalalar muhokama qilindi

26.01.23

Mo‘g‘iliston va Tojikiston delegatsiyalarining Palataga tashrifi

25.01.23

Fransiya bilan o‘zaro munosabatlar mustahkamlanmoqda

24.01.23

Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Kanada-Yevrosiyo Savdo palatasining Toshkentdagi yig‘ilishi

Joriy yilning 7-noyabr kuni Kanadaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Elison Leklerkning tashrifi doirasida «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida Kanada-Yevrosiyo Savdo palatasi (CECC) bilan yetakchi kompaniya, tashkilot va idora vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, tadbir Kanada va boshqa mamlakatlardagi CECC Direktorlar Kengashi aʼzolari uchun onlayn formatida o‘tkazildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshlig‘i Oleg Rijichenko o‘z chiqishida mehmonlarni Palata faoliyati bilan tanishtirdi, shuningdek, O‘zbekiston hududida iqtisodiy va boshqa faoliyatni amalga oshirishda Kanada doiralari vakillariga ko‘rsatilayotgan ko‘mak to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Aytib o‘tish joizki, 2022-yil aprel oyidan boshlab Milliy Kengash Direktorlari va aʼzo tashkilotlar Bayonnomasi asosida CERBA (Kanadaning Rossiya va Yevrosiyodagi Ishbilarmonlik assotsiatsiyasi), Kanada-Yevrosiyo Savdo palatasi CECC deb qayta nomlandi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidagi CERBA vakolatxonasi Adliya vazirligida CECCning O‘zbekistondagi filiali deb qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi. CECC CERBAning huquqiy vorisi hisoblanadi.

SSP matbuot xizmati

09.11.2022

16:14

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06