27.01.23

Qirg‘iziston-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining ikkinchi yig‘ilishi

27.01.23

Savdo-sanoat palatasida Prezident Qarori ijrosiga oid huquqiy masalalar muhokama qilindi

26.01.23

Mo‘g‘iliston va Tojikiston delegatsiyalarining Palataga tashrifi

25.01.23

Fransiya bilan o‘zaro munosabatlar mustahkamlanmoqda

24.01.23

Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

«Uzgrow Tashkent» ва «Agro-Pack Uzbekistan» koʼrgazmalari oʼz ishini boshladi

Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq hoʼjaligi vazirligi koʼmakligida joriy yilning 3-5 noyabr kunlari “International Hotel Tashkent” mexmonxonasida Turkiyaning «So fuar» korxonasi tomonidan tashkil etilayotgan «UZGROW TASHKENT-2022» - Xalqaro issiqxona xoʼjaligi, irrigatsiya tizimlari va chorvachilik hamda «AGRO-PACK UZBEKISTAN-2022» - Xalqaro oziq-ovqat texnologiyalari va qadoqlash sanoati koʼrgazmalari oʼtkazilmoqda.

Koʼrgazmaning tantanali ochilish marosimi Turkiya Respublikasining Oʼzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar, Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʼrinbosari Farxodjon Toshpoʼlatov, Qishloq xoʼjaligi vazirligining Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari Аkmal Eshniyozov, Turkiya Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi Savdo boʼlimining maslahatchisi Аhmet Melih va koʼrgazma loyihasi direktori Ismail Enverogʼlu ishtirokida boʼlib oʼtdi.

    

Mazkur tadbir mavzusi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4246-sonli “Oʼzbekiston Respublikasida bogʼdorchilik va issiqxona xoʼjaliklarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori va 2021-yil 28-iyulьdagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, ushbu sohaga ilgʼor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-5200-son Qarorida belgilangan vazifalar doirasida dolzarb deb xisoblanadi.

Koʼrgazmada Turkiyaning 17 ta, Oʼzbekistonning 42 ta yetakchi kompaniyalari, shuningdek, Isroil, Qozogʼiston va boshqa mamlakatlarning quyidagi maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalari ishtirok etmoqda: issiqxona inshootlari, tomchilatib sugʼorish uchun uskunalar; urugʼlar, oʼgʼitlar, koʼchatlar va agrokimyoviy moddalar; qishloq xoʼjaligi mahsulotlari, oziq-ovqat sanoati va qadoqlash materiallari. Xususan, DEMSA MAKINA, ARDOLET MAKINA, YASHYL GROUP, ONUR PLAST, ESKA AMBALAJ, TUNBAR MAKINA, YMS SERA SİSTEMLERİ, AGRO TOMCHI, BEREKET KIMYO AGRO, MAXSUS POLIMER PLANT, STAR AMBALAJ, VISYS MAKINA, YUSHEN PLASTIC,PELSA, ROZMETOV, SLADUS, TANHO HOLDING kabi kompaniyalar ishtirok etmoqda.

Koʼrgazmada yuqoridagi kompaniyalardan tashqari, agrosohada oʼz faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlarga bevosita maslahat berishi mumkin boʼlgan AQUA CONSULT, AGROMART, OOO SABE, AFIF FAMILY MCHJ, OOO "VAZIRA BIZNES" kabi Oʼzbekistonning qishloq xoʼjaligi konsalting kompaniyalari ham ishtirok etmoqda.

    

Mazkur koʼrgazma tadbirkorlik subʼektlari, jumladan, ish boshlagan tadbirkorlar uchun qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash, shuningdek, tayyor mahsulotni ichki va tashqi bozorda sotishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish va tajriba almashish uchun katta imkoniyatdir.

Аytib oʼtish joizki, “UZGROW TASHKENT-2022” va «AGRO-PACK UZBEKISTAN-2022» koʼrgazmalari nafaqat zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishish, balki shu yerning oʼzida oʼzaro manfaatli shartnomalar tuzish imkonini ham beradi.

Bundan tashqari, “UZGROW TASHKENT-2022” koʼrgazmasi bogʼdorchilik va issiqxona sanoatiga oid yangi bilimlarni taqdim etib, mahalliy va xorijiy yirik kompaniyalar rahbarlari bilan yaqindan muloqot qilish uchun yaxshi platforma hisoblanadi.

Koʼrgazma doirasida oʼzbek, turk, eron va xitoy tadbirkorlari oʼrtasida B2B formatida muzokaralar olib borilib, oʼzaro manfaatli shartnomalar tuzilishi kutilmoqda.

SSP matbuot xizmati

03.11.2022

14:55

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06