27.01.23

Qirg‘iziston-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining ikkinchi yig‘ilishi

27.01.23

Savdo-sanoat palatasida Prezident Qarori ijrosiga oid huquqiy masalalar muhokama qilindi

26.01.23

Mo‘g‘iliston va Tojikiston delegatsiyalarining Palataga tashrifi

25.01.23

Fransiya bilan o‘zaro munosabatlar mustahkamlanmoqda

24.01.23

Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Singapur-Malayziya SSP vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 31 oktabr kuni Singapur “Land Transport Authority” delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida SSP raisi o‘rinbosari Jahongir Mamajonov va Singapur-Malayziya Savdo-sanoat palatasi (SMCCI) Prezidenti Farid Xon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

   

1956 yilda tashkil etilgan Singapur-Malayziya Savdo-sanoat palatasi mustaqil notijorat tashkilotdir. Mahalliy Malayziya ishbilarmon doiralarining manfaatlarini ifodalashda katta rol o‘ynaydi. 2022 yil yanvar holatiga ko‘ra, 711 kompaniya SMCCI aʼzosi hisoblanadi.

Uchrashuv davomida Jahongir Mamadjonov respublikaning zamonaviy iqtisodiy rivojlanishi, uning sarmoyaviy investitsion salohiyati, Singapur kompaniyalari uchun mavjud yangi imkoniyatlar, xususan, turizm infratuzilmasi va turizm xizmatlarini rivojlantirishda, shuningdek, ikki davlatning kichik va o‘rta biznesi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Uchrashuv yakunida Farid Xon Singapur ishbilarmon doiralari va «SMCCI» aʼzo kompaniyalarining O‘zbekistondagi sanoat assotsiatsiyalari va xususiy doira vakillari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda qiziqishi yuqori ekanligini bildirdi.

SSP matbuot xizmati

31.10.2022

15:16

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06