29.11.22

“O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” II biznes forumi bo‘lib o‘tdi

28.11.22

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

28.11.22

To‘qimachilik mahsulotlarini AQSH bozoriga eksport qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

24.11.22

Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirishda yangi istiqbollar

23.11.22

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Fransiya bilan hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirmoqda

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Budapeshtda Vengriya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga davlat tashrifi doirasida, joriy yilning 3-oktabr kuni Budapesht shahridagi “International” mehmonxonasida O‘zbekiston-Vengriya ishbilarmonlar kengashining ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi Davron Vahobov, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Raisi Ilhom Xaydarov, Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Kariyev Sardor, “O‘zsanoatqurilishbank” Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari - Boshqaruv a’zosi Aziz Akbarjonov va ATB “Asaka” Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari Mamadjanov Bunyod ishtirok etdi.

Vengriya tomonidan, boshqaruv aʼzosi - OTP bank bosh direktori oʻrinbosari Laslo Volf, Budapesht Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Djozef Kovach va boshqalar ishtirok etdi.

Kun tartibiga Vengriyani davlatlar ro’yxatiga kiritish, Oʻzbekistonda tan olingan dori vositalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish   masalasi koʻrib chiqildi.

Shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy Oʻzbekiston-Vengriya hamkorligini yanada rivojlantirishning hal qiluvchi omili sifatidagi masalalar tadbirning asosiy mavzulari boʻldi.

Ikki davlat vakillari oʻrtasidagi uchrashuvlarda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishda transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiyalar olinadigan tovar nomenklaturasi roʻyxati, shuningdek, Yevropaning “EN” va “CPR” sertifikatiga ega kompaniyalari uchun O‘zbekiston tovar birjasiga xomashyo sifatida qo‘yiladigan mis hajmini har yili 20 ming tonnaga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Vengriyada logistika xabini ochish va keyinchalik uni O‘zbekiston mahsulotlarini Vengriya va qo‘shni davlatlar bozorlariga “Poti” (Gruziya) va “Konstansa” (Ruminiya) dengiz portlaridan foydalangan holda eksportini tashkil etish bo’yicha bojxona ombori sifatida qayta ro’yxatdan o’tkazish kabi mavzular ko’rib chiqildi.

Xususan, ikki mamlakatda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston va Vengriya kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini faollashtirish yuzasidan fikr almashildi. Ochiq muloqot o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, istiqbolli loyiha va kelishuvlarni ishlab chiqish va O‘zbekiston - Vengriya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikning samarali formatini belgilash imkonini berdi.

SSP matbuot xizmati

03.10.2022

17:47

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06