1.12.23

Tadbirkorlar diqqatiga

1.12.23

Tadbirkorlar diqqatiga

30.11.23

Germaniya Federativ Respublikasida O‘zbekiston-Tyuringiya forumi

30.11.23

Germaniyaning Drezden shahrida O‘zbekiston-Saksoniya forumi bo‘lib o‘tdi

30.11.23

Tatariston Raisi Rustam Minnixanov O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalari rahbarlari bilan uchrashdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O‘zbekiston-Malayziya munosabatlari mustahkamlanmoqda

2022 yil 26 sentabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi hamda Malayziya Milliy Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida videomuloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.

    

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari J.Mamajanov hamda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi F.Ergashev, Malayziya tomonidan Milliy Savdo-sanoat palatasi prezidenti So Tyan Lai va  ushbu palata tarkibiga kiruvchi 5 ta Palata rahbarlari ishtirok etdi.

Ushbu onlayn uchrashuv davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsion sohada hamda ishbilarmonlar o‘rtasida keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Malayziya bilan elektrotexnika, farmatsevtika, AKT, turizm yo‘nalishlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda ushbu xorijiy davlatda talab yuqori bo‘lgan oziq-ovqat, tekstil va yuqori qiymatli mahsulotlarni eksport qilish taklif etildi.

Malayziya tomoniga bu borada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi o‘rni, investitsiyaviy salohiyati xorijiy kompaniyalarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida maʼlumot taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida qo‘shma tadbirlar tashkil etish, biznes delegatsiyalar tashrifini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi.

    

Tadbir yakunida kelishuvlarning huquqiy asosini yaratish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Malayziya Milliy Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Mazkur memorandumning imzolanishi ikki tomonlama munosabatlar rivojining navbatdagi bosqichi sifatida ko‘p qirrali hamkorlikka hissa qo‘shishi taʼkidlandi.

 

SSP matbuot xizmati

  

26.09.2022

14:39

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06