2.12.22

Samarqandda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

29.11.22

“O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” II biznes forumi bo‘lib o‘tdi

28.11.22

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

28.11.22

To‘qimachilik mahsulotlarini AQSH bozoriga eksport qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

24.11.22

Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirishda yangi istiqbollar

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Germaniyaning yana bir yirik brendi Oʼzbekiston bilan hamkorlik oʼrnatdi

Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahobov boshchiligidagi delegatsiya bosh-qarorgohi Shimoliy Saksoniyaning Braunshveyg shahrida joylashgan “New Yorker Group” kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar oʼtkazdi.

      

 

Mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi ishtirokida tashkil etilgan uchrashuv avvalida, germaniyalik hamkorlar tomonidan kompaniya toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

Taʼkidlanganidek, “New Yorker Group” 1971 yil tashkil topgan. 3 mlrd yevro savdo aylanmasiga ega. Hozirda kompaniyaning dunyoning 47 mamlakatidagi 1150 dan ortiq savdo nuqtalari mavjud boʼlib, unda 23 mingdan ziyod odam ishlaydi. MDH mamlakatlarida nemis brendini 150 ga yaqin savdo nuqtalari mavjud. Ushbu kompaniya Germaniyaning eng tez rivojlanayotgan kiyim-kechak brendlaridan hisoblanadi. Keng koʼlamli ekspantsiya siyosati natijasida, yiliga 100 ga yaqin yangi filiallar tashkil qilinmoqda.

“New Yorker” brendi ostida asosan 12-40 yoshdagi erkak va ayollar uchun deyarli barcha turdagi kiyim-kechak va aksessuarlar ishlab chiqariladi. Bevosita ishlab chiqarish, kompaniya buyurtmasi va dizayniga koʼra asosan Bangladesh, Xitoy va Turkiyada amalga oshiriladi. 

Muzokaralar davomida, nemis brendi ishlab chiqarish zanjiriga mahalliy korxonalarimizni qoʼshish imkoniyatlari hamda  kompaniya brend doʼkonlarini Oʼzbekistonda tashkil qilish masalalari koʼrib chiqildi. Uchrashuvda ishtirok etgan mamlakatimiz korxonalari vakillari nemis kompaniyasi ekspertlariga oʼz mahsulotlarini taqdim qildilar va oʼz ishlab chiqarish imkoniyatlari namoyish etdilar. 

Muzokaralar yakunida, “New Yorker” brendi bilan 2,3 mln yevrolik ilk shartnoma hamda 2023 yilda amalga oshirish rejalashtirilgan 30 mln yevrolik buyurtma boʼyicha dastlabki kelishuvga erishildi. Ushbu va boshqa masalalarni muhokama qilish hamda mamlakatimizning toʼqimachilik sohasidagi salohiyati va mahalliy korxonalarimizning imkoniyatlari bilan joyida tanishish maqsadida, “New Yorker” delegatsiyasini joriy yilning oktyabrь-noyabrь oylarida Oʼzbekistonga tashrifini amalga oshirishga kelishib olindi.   

SSP Matbuot xizmati

26.09.2022

09:15

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06