30.11.23

Germaniya Federativ Respublikasida O‘zbekiston-Tyuringiya forumi

30.11.23

Germaniyaning Drezden shahrida O‘zbekiston-Saksoniya forumi bo‘lib o‘tdi

30.11.23

Tatariston Raisi Rustam Minnixanov O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalari rahbarlari bilan uchrashdi

29.11.23

Yevroosiyo Ittifoqi Ishbilarmonlar kengashi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

29.11.23

Hindiston vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Mansabdor shaxslarni tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan oʼtkazilgan attestatsiya komissiyalarida Savdo-sanoat palatasi vakillari ishtirok etdi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 noyabrdagi 920-son qarori bilan tasdiqlangan “Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom bilan nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan oʼtkaziladigan attestatsiyada komissiya aʼzolari tarkibiga Savdo-sanoat palatasi vakillari kiritilishi shartligi belgilangan.

   

Ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib, joriy yil 19-23 sentyabr kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Qurilish sohasida nazorat inspektsiya mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan oʼtkazilgan attestatsiyalarda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili K.Аbdiraximov komissiya aʼzosi sifatida ishtirok etdi.

Mazkur attestatsiyalarda nazorat qiluvchi organlarning 62 nafar xodimlari suhbatdan oʼtkazildi va 48 nafariga tekshiruv oʼtkazishga ruxsat beruvchi maxsus guvohnoma berildi, qolgan 14 nafariga maxsus guvohnoma berish rad etildi.

Eslatma: Savdo-sanoat palatasi aʼzosi boʼlgan tadbirkorlik subʼektlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʼtkaziladigan tekshiruvlarda tadbirkor manfaatida qatnashish va jarayonni monitoring qilib borish maqsadida Palata va uning hududiy boshqarmalari vakillarini taklif etishi mumkin.

SSP Matbuot xizmati

23.09.2022

12:18

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06