29.11.22

“O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” II biznes forumi bo‘lib o‘tdi

28.11.22

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

28.11.22

To‘qimachilik mahsulotlarini AQSH bozoriga eksport qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

24.11.22

Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirishda yangi istiqbollar

23.11.22

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Fransiya bilan hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirmoqda

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Toshkent shahrida Аrbitraj haftaligi oʼtkazilmoqda

Toshkentda 19-23 sentyabr kunlari Oʼzbekiston arbitraj haftaligi UzAW-2022 boʼlib oʼtadi.

UzAW 2022-tashkilotchilari: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi qoshidagi Toshkent xalqaro arbitraj markazi (TIAC) hamda Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti sanaladi.

UzAW – bu butun hafta davomida butun dunyodan yetakchi ekspertlar, shu jumladan, arbitrlar hamda yuridik, arbitraj va biznes hamjamiyatlari, xususan, GST LLP, Foley Hoag LLP, Allen&Overy, Praelegal kabi xalqaro kompaniya vakillarini birlashtiruvchi bir qator tadbirlar jamlanmasidir.

UzAW 2022 ning maqsadi ishtirokchilarni nizolarni muqobil hal etishning so’nggi tendensiyalari, shuningdek, O’zbekistonda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va mintaqaning investision jozibadorligini oshirishga qaratilgan rejalashtirilgan va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xabardorligini oshirishdan iborat. Bundan tashqari, UzAW O’zbekistonni xalqaro arbitraj uchun qulay maydon sifatida targ’ib qilishni maqsad qilgan va barcha manfaatdor tomonlar uchun ajoyib tarmoq imkoniyati bo’lib xizmat qiladi.

UzAW doirasidagi tadbirlarda xalqaro, davlat tashkilotlari va boshqa yirik kompaniyalarning 200 dan ortiq vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. UzAWni qo’llab-quvvatlovchi xalqaro tashkilotlar: AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), EXHTning O`zbekistondagi koordinatori ofisi, Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (THRD) va Osiyo taraqqiyot banki sanaladi.

19.09.2022

14:41

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06