2.12.22

Samarqandda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

29.11.22

“O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” II biznes forumi bo‘lib o‘tdi

28.11.22

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

28.11.22

To‘qimachilik mahsulotlarini AQSH bozoriga eksport qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

24.11.22

Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirishda yangi istiqbollar

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Prezidentning tadbirkorlar bilan oʼtkazilgan “Ochiq muloqoti” boʼyicha bojxona sohasidagi masalalar muhokama qilindi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022 yil 22 avgust kuni oʼtkazilgan “Ochiq muloqot” uchrashuvi respublikamizda tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun yangi imkoniyatlarni ochib berish hamda mahalliy tadbirkorlik subʼektlarining jahon bozorlariga chiqishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan qator masalalar, tashabbus va takiflarni ilgari surish imkonini berdi.

Shu bilan birga iqtisodiyotimizning turli tarmoqlari va yoʼnalishlarida tadbirkorlikni olib borishdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish borasida bir qator takliflarni ishlab chiqishga zamin yaratdi.

Mazkur “Ochiq muloqot” yakuni boʼyicha qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasining 2022 yil 30 avgustdagi PQ-364-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʼl xaritasi”ning 22-bandiga muvofiq tadbirkorlar uchun bojxona sohasida ham amaldagi tartib-tamoyillarni yanada soddalashtirish, ayniqsa, bojxona hududida qayta ishlash tizimini takomillashtirish asosida chetdan xom-ashyo, material, yarim tayyor mahsulotlarni olib kirib, qayta ishlagan holda eksport qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirish belgilab berildi. 

Shu munosabat bilan 2022 yil 15 sentyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʼmitasida Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda aynan bojxona hududida qayta ishlash rejimini yanada soddalashtirish va bu borada chet eldan qayta ishlash uchun olib kiriladigan xom-ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarni ushbu rejimga joylashtirgan holda qayta ishlab, xorijiy bozorlarga reeksport qilish borasida qulayliklarni yaratish boʼyicha tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bilan onlayn tarzda barcha hududiy bojxona boshqarmalari ishtirokida amaliy uchrashuv boʼlib oʼtdi. Mazkur tadbirga Savdo-sanoat palatasi tomonidan 50 nafardan ortiq tadbirkorlik subʼektlari taklif etildi. Shuningdek, viloyat studiyalaridan uchrashuvda 150 nafardan ortiq tadbirkorlik subʼektlari ishtirok etdilar.

    

Tadbirda Davlat bojxona qoʼmitasining mutaxassislari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining  2022 yil 25 apreldagi “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qoʼllanilishini soddalashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-115-sonli Farmonida tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirish tartibotlarini amalda qoʼllash shart-sharoitlari hamda bu yangi tartibot orqali eksport salohiyatini oshirishdagi imkoniyatlar toʼgʼrisida batafsil maʼlumot berib oʼtildi.

Uchrashuv davomida “Global Export Company” MChJ, “Food Agro” MChJ, “Oltin Tegirmon” MChJ, “Ravshan Yodik Production” MChJ, “Max Invest” MChJ, “Daurjon Shodiyor” MChJ vakillari va boshqa tadbirkorlar tomonidan bojxona hududida qayta ishlash rejimida xom-ashyo va tovarlarni olib kelish, ruxsat olish va ularni reeksport qilish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar hamda bojxona tartib-taomillariga oid boshqa masalalar boʼyicha oʼz fikrlarini bildirdilar hamda tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirishning afzalliklarini yanada oshirish va bunda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga qulayliklar yaratishga qaratilgan bir qator takliflarni ilgari surdilar.

Tadbir yakunida boʼlib oʼtgan muhokama va tadbirkorlarning bildirgan takliflarini ham oʼrganib chiqqan holda bojxona hududida qayta ishlash rejimini takomillashtirish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʼmitasi tomonidan amaldagi qonunchilikka qoʼshimcha va oʼzgartirishlar kiritish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilishi maʼlum qilindi.

SSP Matbuot xizmati

15.09.2022

16:01

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06