2.12.22

Samarqandda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

29.11.22

“O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” II biznes forumi bo‘lib o‘tdi

28.11.22

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

28.11.22

To‘qimachilik mahsulotlarini AQSH bozoriga eksport qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

24.11.22

Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirishda yangi istiqbollar

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Oʼzbekiston-Italiya munosabatlari mustahkamlanmoqda

Joriy yil 6 sentyabr kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasida Italiyaning tijorat sohasida faoliyat koʼrsatuvchi konsalting kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda Oʼzbekiston va Italiya ishbilarmon doiralari oʼrtasida tekstilь, oziq-ovqat sanoati, qishloq xoʼjaligi sohasida hamkorlik qilish hamda zamonaviy texnologiyalarni Oʼzekistonga jalb etish masalalari muhokama etildi.

Italiya tomoniga Oʼzbekiston bilan hamkorlik qilishning istiqbolli yoʼnalishlari borasida takliflar bildirilib, jumladan, Oʼzbekiston mahsulotlarini Italiyaga eksport qilishda mahalliy eksporterlarga Yevropa Ittifoqidagi bozor talablari, mahsulotga qoʼyiladigan xalqaro sertifikatsiya va standartlarga oid talablarni yetkazishda aloqalarni kengaytirish masalalari koʼrib chiqildi.

Uchrashuvda Oʼzbekiston mahsulotlari uchun Yevropa Ittifoqining Preferentsiyalar bosh tizimi doirasida pasaytirilgan va foizsiz boj stavkalarini qoʼllagan holda eksport qilish imkoniyatlari boʼyicha hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadga muvofiqligi taʼkidlab oʼtildi.

Tadbir yakuni boʼyicha Oʼzbekiston ishbilarmon doiralari uchun joriy yil oktyabrь oyida tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish borasida Italiyada biznes yuritish shartlari, italiyalik hamkorlar topish hamda eksport shartnomalari tuzishga oid talablar toʼgʼrisida taqdimotlar oʼtkazishga kelishib olindi.

07.09.2022

09:32

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06